“Özbekiston temiryöllari” talabalar uçun mahalliy yönalişdagi poyezdlar çiptalariga 50 foizlik çegirma e’lon qilgan. Çiptalar sotiladigan elektron platformada Toşkent–Urganç, Toşkent–Buxoro, Toşkent–Nukus yönalişlarida 23–31 dekabr sanalaridagi barça çiptalar allaqaçon qolmagani körinadi. Boşqa yönalişlarda esa sanoqli çiptalar qolgan. Kun.uz muxbiri holatni örganiş va talabalar fikrini eşitiş uçun poytaxtdagi temiryöl kassalaridan birida böldi.

“Özbekiston temiryöllari” AJ 10 dekabr kuni qişki ta’til munosabati bilan respublikadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun mahalliy yönalişdagi yölovçi poyezdlari çiptalariga 50 foizlik çegirma e’lon qildi. Çegirmalar joriy yil 23 dekabridan 2025 yilning 10 yanvarigaça amal qilişi qayd etildi. Kun.uz muxbiri örganişlari 11 dekabr holatida temiryöl çiptalari onlayn sotiladigan “eticket.railway.uz” platformasida Toşkent—Urganç, Toşkent—Buxoro, Toşkent—Nukus yönalişlarida 23 dekabrdan 31 dekabrga qadar çiptalar qolmaganini körsatdi. 

Kun.uz bilan suhbatda bölgan talabalar ham mazkur sanalarda uşbu yönalişlarga çipta qolmaganini ta’kidladi. Talabalarning ayrimlari esa ketiş uçun emas, balki faqat qaytiş uçun çegirmali çipta olişga ulgurgan xolos.

“Onlayn kördik, çipta yöqligi uçun kassaga kelişga majbur böldik”, — deydi talabalardan biri. Boşqa talaba esa çegirmali çipta ololmagani ortidan qöşimça vagonlar qöşiliş yoki qöşilmasligini biliş uçun temiryöl kassasiga kelganini aytdi. 

“Toşkent—Andijon yönalişida 25 dekabrdan 31 dekabrgaça çiptalar qolmagan. Ammo Toşkent—Qöqon yönalişida bor ekan”, — dedi talaba yigitlardan biri.

“Özbekiston temiryöllari” AJ çegirma e’lon qilgan vaqtda talabalar agar çegirmali çipta xarid qilmoqçi bölsa, temiryöl kassalariga pasport bilan kelişini söragandi. Kun.uz bilan suhbatlaşgan talabalar esa pasportdan taşqari öqiş joyidan va doimiy röyxatdan ötganligi haqidagi ma’lumotnomalar ham söralayotganini bildirdi. Boşqasi esa talabalik guvohnomasi yetarli ekanligini qayd etdi.

Termiz şahriga ketmoqçi bölgan boşqa bir talaba 31 dekabrgaça çiptalar qolmaganini, faqat 2025 yil yanvariga qaytiş çiptalari borligini bildirdi. Bundan taşqari talabalar kassalarda xizmat körsatiş sifati böyiça fikrini bildirib, bitta çipta sotib oliş uçun örtaça 1 soat vaqt ketganini ma’lum qildi.