Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyruği bilan taʼlim taşkilotlarini yangi öquv yiliga tayyorlaş hamda Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nişonlaş böyiça qator vazifalar belgilandi.

Hujjatga muvofiq, joriy yilning 20-avgustidan 30-sentabrigaça bölgan davr oliy taʼlim taşkilotlarida «Dolzarb qirq kunlik» deb belgilandi.

Uning doirasida talabalarni yangi öquv yiliga munosib kutib oliş, ularni turar joy bilan taʼminlaş hamda bu jarayonda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni tezkor bartaraf etiş çoralari köriladi.

Yangi öquv yili qaçon boşlanadi?

2026-2027 öquv yili 1-bosqiç talabalari uçun 7-sentabrdan boşlanadi. 2- va undan yuqori bosqiçlarda tahsil olayotgan talabalar esa 14-sentabrdan öqişni boşlaydi.

Şu bilan birga, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tölov-kontrakt mablağlarini şartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda tölagunga qadar farmoyiş asosida öquv maşğulotlarida qatnaşişga ruxsat beriladi.

Birinçi bosqiç talabalarini yangi muhitga moslaştiriş böyiça ham alohida tadbirlar belgilangan. Xususan, ularni tantanali kutib oliş, «Kredit taʼlimi tizimiga kiriş» haftaligi hamda «Talabalikka bağişlov» tadbirlarini taşkil etiş közda tutilgan.

Sentabr oyi davomida oliy taʼlim taşkilotlarida «Yagona vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yarataylik!» şiori ostida «Mustaqillik darslari» ham ötkaziladi.

Ular doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatağon qurbonlariga bağişlangan maşğulotlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uç avlod uçraşuvlari taşkil etiladi. Şuningdek, viktorinalar, körik-tanlovlar va sport musobaqalarini ötkaziş belgilangan.

Bundan taşqari, oliy taʼlim taşkilotlariga öquv binolari va talabalar turar joylarini yangi öquv yiliga tayyorlaş, professor-öqituvçilar tarkibini şakllantiriş hamda zarur öquv-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlaş vazifasi qöyildi.

OTM yangi öquv yili boşlanguniga qadar taʼlim jarayonini samarali taşkil etiş böyiça zarur tayyorgarlik işlarini ham amalga oşirişi lozim.