1. Elektron tizimga kiriş

Avvalo, talaba my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi şaxsiy kabinetiga kirişi kerak.

Şundan söng «Ommabop xizmatlar» bölimidan «Talabalar turar joyiga joylaştiriş» xizmati tanlanadi.

Arizani kontrakt.edu.uz tizimi orqali ham onlayn tarzda topşiriş mumkin.

2. Maʼlumotlarni tekşiriş va oferta şartlariga rozilik beriş

Tizimda talabaga tegişli asosiy şaxsiy maʼlumotlar avtomatik ravişda şakllanadi.

Talaba ularning töğriligini tekşirib çiqişi va arizani davom ettirişi lozim. Şu bosqiçda ommaviy oferta şartlariga rozilik beriş talab qilinadi.

Rozilik berişdan oldin ommaviy oferta şartlari bilan töliq tanişib çiqiş tavsiya etiladi.

3. Qöşimça maʼlumotlarni kiritiş

Ariza beriş jarayonida talabaning JŞŞIR, pasport maʼlumotlari va öqiş joyi kabi ayrim maʼlumotlar tizimda avtomatik şakllanadi.

Biroq doimiy yaşaş joyi va turar joy bilan boğliq qöşimça maʼlumotlarni talabaning özi kiritişi talab etilişi mumkin.

Barça maʼlumotlarni xatosiz kiritiş muhim. Çunki notöğri yoki töliq bölmagan maʼlumotlar arizani körib çiqiş jarayoniga taʼsir qilişi mumkin.

4. Imtiyoz mavjud bölsa, uni körsatiş

Talabalar turar joyiga joylaştirişda ayrim toifadagi talabalarga ustuvorlik beriladi.

Agar talabaning oilasida tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan yana bir talaba bölsa, tegişli imtiyozdan foydalaniş uçun uning pasport maʼlumotlarini ham kiritiş talab etiladi.

Şuningdek, ariza beruvçi yoki uning oilasi belgilangan ijtimoiy toifalardan biriga kirsa, bu maʼlumotlar elektron tizimlar orqali avtomatik aniqlanişi yoki tasdiqlovçi hujjatni yuklaş talab qilinişi mumkin.