Farğona şahridagi zapravkadagi röy bergan portlaş oqibatida yana 3 kişi halok bölgani tasdiqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

Ma’lum qilinişiça, 17 dekabr kuni soat 13:45 larda Farğona şahri, Yangiyöl mahallasidagi Petrolium propan gaz quyiş şoxobçasida 5 m.kub siğimli konteynerga gaz quyiş jarayonida yoriq kelib çiqib, gaz moddasi taşqariga sizib çiqişi oqibatida, portlaş va yonğin sodir bölgan.

Buning oqibatida 1 kişi voqea joyida halok bölgan. Şu hududda bölgan bir neça kişi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari şifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Farğona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 2-qismi «a» bandi hamda 259-moddasi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etilişiça, hozirgi kunda jinoyat işi doirasida 5 nafar şaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan. Holat yuzasidan tegişli ekspertizalar tayinlangan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan mahalliy aholi vakillari bildirişiça, mazkur AYoQŞ va AGQŞ qurilişiga odamlar norozilik bildirişgandi. Biroq mas’ullar bu norozilikka e’tibor qaratmagan.

«Odamlar bu yerda zapravka qurilmasin deb aytgan. Şaharning içida-ku bu. Umuman, bu kabi zapravkalar 2-3 km taşqarida, çetroqda bölişi kerak. Benzin bor edi, propan oçilganiga uç oy böldi, deyişyapti. Odamlar “mumkin emas” deyişganiga heç kim quloq solmagan. Mana, odam öldi, boşqalarga jarohat yetgan», dedi Kun.uz’ga intervyu bergan hodisa guvohlaridan biri.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Ahliddin Alijonov OAV vakillariga bergan intervyusida hodisa oqibatida 1 kişi halok bölgani, 4 kişi jarohatlangani, yana 8 kişi tibbiyot xodimlari nazoratida ekanini ma’lum qilgandi.