Hindiston havo sifati yomonlaşgandan söng Nyu-Dehli va yondoş hududlarda ifloslanişni yengişga yordam berişga qaratilgan çeklovlarni kuçaytirdi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilişiça, sönggi tavsiyalar 16 dekabr kuni havo sifati indeksi (AQI) körsatkiçi 400 dan oşib, «jiddiy» darajaga çiqqanidan keyin berilgan. Bu ifloslanişni bartaraf etiş vazifasi topşirilgan hukumat organlarining favqulodda yiğilişi ötkazilişiga ham sabab bölgan.
Duşanba kuni 5-sinfgaça bölgan öquvçilarga tatbiq etilgan aralaş darslar (ham onlayn, ham oflayn) 10 va 12-sinflardan taşqari barça sinflarga nisbatan qöllana boşlagan.
Davlat idoralariga iş vaqtini bosqiçma-bosqiç belgilaş haqidagi dastlabki körsatma kengaytirilib, barça idoralarga xodimlarning 50 foiziga uydan işlaşga ruxsat beriş sörovi şaklida taqdim etilgan.
Seşanba kuni ertalab Nyu-Dehlida AQI körsatkiçi 424 ni taşkil etgan. Şuningdek, havo harorati 5,9 darajagaça pasaygan, natijada, şaharni zaharli tutun qoplagan va aeroportda «köriniş darajasining pasayişi bilan boğliq tartib-qoidalar» joriy etilişiga olib kelgan.
Havo sifatini boşqariş böyiça komissiya ifloslanişning keskin oşişini «juda noqulay meteorologik şaroitlar va şamol yöqligi» bilan boğladi. Şuningdek, u köplab quriliş işlarini taqiqlaşni buyurdi.
Bolalar, keksalar va nafas oliş, yurak-qon tomir, miya-qon tomir yoki boşqa surunkali kasalliklari bölganlarga oçiq havoda harakat qilişdan qoçiş va imkon qadar içkarida böliş tavsiya etilmoqda.
Har yili noyabr va dekabr oylarida Nyu-Dehlida havoning sifati keskin yomonlaşadi. Bu poytaxtga yondoş bölgan ştatlarda hosil yiğib olinganidan keyin sodir böladi. Fermerlar taqiqlarga qaramay, qurigan xas-xaşaklarni yoqib yuboradi. Natijada tutun va kuyundi pastroq hududda joylaşgan Nyu-Dehlini qoplaydi. Hind olimlarining hisob-kitoblariga köra, bunday havodan nafas oliş kuniga 50 dona tamaki çekişdek gap.
Avvalroq Şarqiy Pokiston va Hindiston şimolida havoning ifloslaniş darajasi şunçalik yuqoriki, oqibatda paydo bölgan tutun koinotdan aniq körina boşlagani töğrisida xabar berilgandi.












