Senatning 18-yalpi majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga pensiya tayinlaş tartibini yanada takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimça kiritiş haqida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan fuqaroga I yoki II guruh nogironligi belgilanişi munosabati bilan nogironlik pensiyasini proaktiv şaklda tayinlaş hamda pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yil iş stajiga ega bölsa, uşbu pensiya turini har ikki yilda bir marta fuqaroning murojaatini talab etmagan holda proaktiv şaklda qayta hisoblab çiqiş tartibi joriy etilmoqda.

Şuningdek, pensiyadan çegirma qilinganidan söng fuqaroga tölanadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bölmasligi belgilanmoqda.

Muhokama yakunida  senatorlar Qonunni ma’qulladi.