Xabarga köra, yaponiyalik huquqşunos ayol Amerikaça çeklov çoralari qöllanadigan jismoniy şaxslar kiritilgan SDN List röyxatidan örin olgan.
Avvalroq AQŞ bir qator boşqa XJS sudyalariga nisbatan ham çeklovlar joriy qilgan edi.
2025-yil fevral oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp XJSning AQŞ va uning ittifoqçilari, jumladan, Isroilga qarşi harakatlari uçun sanksiyalar qöllaş töğrisidagi farmonni imzolagan.
2026-yil iyul oyida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio The Wall Street Journal gazetasida e’lon qilingan maqolasida Amerika ma’muriyati «kerak bölsa, XJSni bosqiçma-bosqiç yöq qilişini» yozgan edi.
Alohida e’lon qilingan videoyozuvda Rubio XJSni «heç kim saylamagan globalist amaldorlar» işlaydigan «radikal» taşkilot deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, «ayni paytda XJS va uning ittifoqçilari mamlakatimizga qarşi öq va raketalar bilan emas, balki nizomlar, bitimlar va xalqaro huquq deb atalmiş kuç bilan uruş olib bormoqda».
XJS asos solingan Rim statutiga köra, genotsid yoki uruş jinoyatlarini sodir etgan şaxslar uning sudloviga kiradi.
AQŞ Rim statutining iştirokçisi emas, şu munosabat bilan XJSning Amerika fuqarolari ustidan yurisdiksiyasini tan olmasligini bir neça bor bayon qilgan.












