Isroil harbiy samolyotlari va dengiz floti Yamanda eronparast husiyçilar harakati nazorati ostida bölgan bir qança obektlar böylab zarbalar yölladi.

Isroillik harbiylar vakili nişonlar orasida Qizil dengizdagi portlar va Yaman poytaxti Sano şahridagi energetika infratuzilmalar borligini ma’lum qilgan.

Ynet naşri xabariga köra, bu birinçi marta mamlakat poytaxti Sana şahriga zarba berilişi böldi.

Isroil armiyasi rasmiy bayonotiga köra, Yaman poytaxtiga zarba berişdan maqsad husiyçilar harbiy amaliyotlar ötkaziş uçun foydalanadigan energiya infratuzilmasini öçirib qöyiş edi. Husiyçilar nazoratidagi deyarli barça hududlarda elektr energiyasi uzilgani ta’kidlanmoqda. Husiyçilarning uçala porti - Ras-Iso, Hudayda va As-Salifga zarba berilgan va kemalarga zarar yetkazilgan.

Isroil harbiylari ularning nişonlari Yaman poytaxtidagi energetika infratuzilmalari bölganini ma’lum qilgan

Husiyçilar nazoratidagi Al Masirah telekanali Salif portida yetti kişi, Hudayda viloyatida joylaşgan Ras Iso neft obektida yana ikki kişi halok bölgani haqida xabar bergan.

Zarbalar yöllanişidan ikki soat oldin Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi mamlakatning markaziy hududi uzra Yaman hududidan uçirilgan raketa töxtatib qolinganini ma’lum qilgandi. Tel-Aviv çekkasidagi Ramat-Ganada maktab binosi va bir neça avtomobil şikastlangan.

Isroil matbuotiga köra, Yaman bir oy içida Isroilga 8 ta zarba yöllagan. 

Bu isroilliklarning husiyçilarning pozitsiyalari böylab birinçi zarbasi emas. 29 sentabr kuni TSAHAL önlab jangovar, yonilği quyuvçi hamda razvedkaçi samolyotlar iştirokida husiyçilarga qarşi keng kölamli amaliyot ötkazgan va harakatning Hudaydadagi pozitsiyalariga kuçli zarbalar yöllagandi.

Öşanda TSAHAL bayonotida amaliyot «husiyçilar terrorçilik rejimi»ning Hudayda va Ras-Isodagi harbiy obektlariga qarşi qaratilgani aytilgan, ammo obektlarning özi neft importi uçun foydalaniladigan elektr stansiyalar va port sifatida körsatilgan.

Husiyçilar Yamanning şimoliy qismini nazorat qiladi. Mamlakatning qolgan hududi yoki xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan va Saudiya Arabistoniga çuqur qaram bölgan hukumat kuçlari yoki alohida davlat tuzişni istovçi ayirmaçilar qölida.

Husiyçilar 2023 yil oktyabrida Ğazoda uruş boşlanişi ortidan Isroilga va öz sohillari yaqinidan ötadigan kemalarga hujum qilişni boşlagan va buni Hamas hamda falastinliklar bilan birdamlik uçun qilayotganini bildirgan.

Ular bir neça bor Isroil tomonga «Shaheed» dronlari va raketalar uçirgan, ulardan ayrimlari Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlaridan öta olgan. Isroil oldin ham, dronlardan biri Tel-Avivga yetib borganida Yaman böylab zarbalar yöllagandi.

Şuningdek, husiyçilar Qizil dengiz va Bob-al-Mandib böğozi orqali Yaman sohillari yaqinidan suzuvçi kemalarga ham hujumlar uyuştirgan. Ular faqat Isroil, AQŞ yoki Buyuk Britaniya bilan aloqador kemalarga hujum qilişlarini aytişadi; ammo bu bayonotlar doim ham çin bölib çiqmaydi.