Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Malayan Banking Berhad (Maybank) banki prezidenti va bosh ijrochi direktori Xayrussalex Ramli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
Unda O‘zbekistonda bank sohasiga investitsiya kiritish, islomiy bank va takaful sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda xalqaro reytinglar va standartlarga javob beradigan bank ekotizimi shakllanib borayotganligini inobatga olib, Maybank'ning mamlakatda o‘z filialini tashkil etish va mahalliy yetakchi banklar bilan moliyaviy resurslar ajratish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishda ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Bosh ijrochi direktor Xayrussalex Ramli O‘zbekiston banklari bilan islomiy bank sohasida o‘zaro tajriba almashishga va o‘z mutaxassislarini yuborishga tayyorligini bildirdi.
Maybank rahbari, shuningdek, O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlari sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligini, bugungi kundagi raqamlashtirish texnologiyalari ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida bank va sug‘urta sohasida o‘zaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025