Qozoğistonning Turkiston viloyatida jinoiy guruh faoliyati tugatilib, neft mahsulotlari kontrabandasi yölga qöyilgan tunnel yöq qilindi. Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabariga köra, Qozoğiston-Özbekiston çegarasidagi tunnel uzunligi 450 metrni taşkil qiladi.

«Uşbu tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilği-moylaş materiallari yaşirinça olib çiqilar edi. Noqonuniy faoliyat ikki oyga yaqin davom etdi», deyiladi prokuratura xabarida.

Bundan taşqari, noqonuniy olib çiqilayotgan yoqilği uçun Özbekistondan pul ötkaziş sxemasi ham aniqlangan.

Ta’kidlanişiça, barça gumonlanuvçilarning şaxsi aniqlangan, ular orasida Özbekiston fuqarolari ham bor.

«Transmilliy jinoiy guruh a’zolari Qozoğiston hududida ham, Özbekiston hududida ham qölga olindi. Hozirda tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda», deb xulosa qildi prokuratura.