Qonun bilan Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Qonunga köra, qöşimça manbalardan daromad oluvçi budjet taşkilotlari uçun belgilangan soliq stavkalarining amal qilişini 2027 yilning 1 yanvarigaça uzaytirildi.
Şuningdek, jami daromadning çegaraviy miqdorini 5 milliard sömdan 10 milliard sömga oşiriş, uşbu daromad mavjud bölganda soliq tölovçilar har oylik bönak tölovlarini töliq çorak ötganidan keyin tölaşini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritildi.
Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan budjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovçi özgartirişlar kiritildi.
Bundan taşqari öz mablağlari hisobidan nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlarining binolarini quriş bilan boğliq bölgan xarajatlarga nisbatan foyda soliği böyiça vaqtinçalik (2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargaça) soliq imtiyozlari berildi.
Şuningdek, belgilangan röyxat böyiça protez moslamalari va ularning butlovçi, ehtiyot qismlarini Özbekistonga olib kiriş (2027 yil 1 yanvargaça) hamda Özbekiston rezidentlari bölgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temiryöl transportida taşiş jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara şartlari asosida foydalanişga beriş böyiça xizmatlar körsatiş aylanmasi QQS tölaşdan vaqtinçalik (2024 yil 1 noyabrdan 2026 yil 1 yanvargaça) ozod qilinişi nazarda tutildi.







