“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi (Qömita) raisi va uning örinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:
🔹sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat boğlari attraksionlaridan foydalanişdagi xavfsizlik talablarini qayta körib çiqiş;
🔹sanoat xavfsizligini ta’minlaşda masofadan nazorat qiliş mexanizmini joriy etiş;
🔹sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş.
Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasining metallurgiya tarmoğida xavfsizlikni nazorat qiliş funksiyasi qömitaga ötkaziladi.
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.
Qömita tuzilmasida quyidagilar taşkil etiladi:
🔹Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Temiryöl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
2025 yil yakunigaça “Yagona integratsiyalaşgan ekotizim” axborot tizimi işga tuşiriladi.
2025 yil 1 iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga jarima qöllaş tartibi joriy etiladi.







