Uçraşuv davomida Damel kompaniyasi hamda Özbekiston Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, Navoiy viloyati hokimligi va boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusidagi innovatsion texnologiyalarni tatbiq qiliş va işlab çiqariş jarayonlarini modernizatsiya qilişda hamkorlik qiliş istiqbollari xususida fikr almaşildi.
Özbekistonning toğ-kon sanoati salohiyatini yanada oşirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari ham körib çiqildi.
1940 yilda taşkil etilgan Damel kompaniyasi geologiya va toğ-kon sanoati uçun elektr dvigatellarini işlab çiqaradi. Kompaniya öz konstruktorlik byurosi va texnika bazasiga ega bölib, şeriklar talabiga mos ravişda elektr dvigatellarini loyihalaş va işlab çiqariş imkoniyatiga ega.








