Yaponiya Mudofaa vazirligi 5 noyabr kuni çorşanba kuni şimoldagi Akita prefekturasiga harbiylarni yubordi. Ular toğli hudud aholisi orasida vahima uyğotgan ayiq hujumlarini jilovlaşga yordam beradi.

Operatsiya Kazuno şahrida boşlandi — bu örmonlar bilan öralgan kiçik şahar bölib, sönggi haftalarda ayiq körinişlari keskin köpaygan. Sönggi bir neça haftadan beri aholiga qalin örmonlarga kirmaslik, keçasi taşqariga çiqmaslik tavsiya etilmoqda, çunki ayiqlar ovqat izlab uylar atrofiga kelib yurmoqda.

AP naşrining yozişiça, Yaponiya böylab, asosan şimoliy viloyatlarda, ayiq hujumlari deyarli har kuni qayd etilmoqda. Ayiqlar – maktablar, temiryöl bekatlari, supermarketlar, hatto issiq buloq kurortlari yaqinida ham körinmoqda.

Yaponiya Atrof-muhit vazirligi statistikalariga köra, apreldan beri 100 dan ortiq kişi jarohatlangan, kamida 12 kişi halok bölgan. Reuters naşriga köra, Akitada bu yil ayiq körinişlari olti baravar köpayib, 8 mingdan oşgan, hujumlar soni esa rekord darajaga çiqmoqda. Şu sababdan ötgan hafta prefektura gubernatori özining himoya kuçlaridan yordam söragan.

«Hatto vaqtinça bölsa ham, harbiylar yordami biz uçun katta yengillik. Oldin ayiqlar şovqinni eşitsa, qoçadi deb öylardim. Ammo endi ular aksinça, odam tomonga yaqinlaşadi. Ular çinakam dahşatli hayvonlar,» – dedi Kazunoning «ayiq bölimi» rahbari Yasuhiro Kitakata.

Harbiylar tuzoqlar bilan yordam beradi