Yaponiya atrof-muhitni himoya qiliş vazirligi huzurida şaharda paydo böladigan ayiqlarga qarşi kuraşuvçi maxsus bölim tuzildi. Bölim xodimlari ayiqlar tez-tez köriniş beradigan şaharlarning boşqaruv organlari bilan hamkorlik qiladi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Agentlik xabariga köra, bölim xodimlari politsiya bilan hamkorlikda amaldorlarga va aholiga şaharda ayiqlar paydo bölgan vaqtda özini qanday tutişni örgatadi.

Keyingi vaqtda Yaponiya şimoli şarqida, jumladan, Tokio hududida ayiqlar tez-tez köriniş bermoqda. Tokio politsiyasida ayiqlarga qarşi kuraşuvçi maxsus qurolli bölinma ham tuzilgan.

Aprel oyida Tokio yaqinidagi Xatiodzi şahrida ayiq bemalol yurgan bölsa, iyun oyi boşida Utsunomiya şahrida ayiq sababli maktablar bir neça kunga yopilgandi. 

Yaponiyada 2025 yil martidan joriy yil martiga qadar 13 kişi ayiqlar hujumi oqibatida halok bölgan, 238 kişi jarohatlangan.