Bundestagning içki işlar qömitasi beş kişining ölimiga sabab bölgan Magdeburg Rojdestvo bozoriga uyuştirilgan hujumga rasmiylarning qanday kamçiliklari sabab bölganini aniqlaş maqsadida bir qator nemis xavfsizlik va razvedka xodimlarini söroqqa tutadi. Qömita yiğilişiga, xususan, Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer, Jinoyat işlari böyiça federal idora (BKA) rahbari Xolger Myunx, Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi rahbari örinbosari Zinan Zelen va Magdeburg ober-burgomistri Simone Borris taklif etilgan.
Deputatlar e’tibori nafaqat yarmarkada xavfsizlikni ta’minlaş, balki huquq-tartibot idoralarining jinoyatçi haqida bilganini inobatga olgan holda, fojianing oldini oliş borasidagi işlarda ham yöl qöyişi mumkin bölgan xatolarga qaratiladi. Xususan, turli davlat idoralari örtasida axborot almaşinuvi haqida söz yuritiladi.
Içki işlar qömitasi yiğilişi oldidan federal razvedka xizmatlari faoliyatini nazorat qiliş uçun mas’ul bölgan parlament nazorati komissiyasi ham yiğiliş ötkazadi. Uning majlislari Bundestag binolaridan biridagi maxsus xonada yaşirinça ötkaziladi.
Ayni vaqtda Germaniya federal organlari Magdeburgdagi terakt böyiça tergov natijalari olinmagunça heç qanday qaror qabul qilişni rejalaştirmayapti, dedi 30 dekabr kuni hukumat matbuot kotibi Kristiane Xoffman.
GFRda Magdeburg böyiça qöşimça suriştiruvlar ötkaziladi
Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga uyuştirilgan hujumdan söng Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer hujumçi haqida avvalroq qaysi idoralar ogohlantiriş olganini aniqlaş uçun qöşimça tekşiruvlar ötkazilişini e’lon qildi. «Federal jinoiy idora Saksoniya-Anhalt yeri rasmiylari tomonidan olib borilayotgan tergov bilan hamkorlik qilmoqda», dedi u 22 dekabr kuni çop etilgan haftalik Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.
«Tergov organlari voqeaning barça holatlarini aniqlaydilar, ular avvalroq qanday signallar olinganini va ularga qanday munosabatda bölganini diqqat bilan örganadilar», dedi Fezer.
Der Spiegel naşriga köra, gumonlanuvçi Taleb A. bir neça bor huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tuşgan va rasmiylar bilan muammolarga duç kelgan. 2013 yil sentabr oyida Rostok sudi uni «jinoyat bilan tahdid qiliş orqali jamoat tartibini buzganlik» uçun 90 kunga har kunlik 10 yevro miqdorida jarimaga tortdi.








