Milliarder Ilon Mask AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning Florida ştatidagi Mar-a-Lago qarorgohi hududiga köçib kelgan. The New York Times gazetasi öz manbasiga tayanib 30 dekabr kuni bergan xabarga köra, u 2024 yil noyabrida bu yerdagi kottejlardan birini ijaraga olgan.
Naşr ma’lumotiga köra, Mask Tramp yaşaydigan asosiy uydan «bir neça yuz fut» (1 fut 0,3048 metrga teng) masofadagi uyga joylaşgan. U «Banyan» nom deb nomlangan kottejda yaşamoqda, bungaça bu yerda Trampning köplab döstlari va safdoşlari istiqomat qilgan. Tadbirkor bu yerga AQŞdagi prezidentlik saylovi kunida köçib ötgan va Trampning yonida ötirib, ovoz beriş natijalarini kuzatib borgan. Mask rojdestvo munosabati bilan uyni tark etgan, ammo tez orada ortga qaytişi kutilmoqda.
Ilon Mask — Trampning eng muhim homiysiga aylandi, u respublikaçilar nomzodining saylov kampaniyasiga 250 million dollar xayriya qilgan, deb yozadi NYT. Şuningdek, Mask saylangan prezidentning siyosat masalalari böyiça muhim maslahatçisi hisoblanadi, şuningdek, Tramp ma’muriyati uçun nomzodlarni tanlaşga ham ta’sir körsatadi.
Naşr Mask şunday qöşniçilik evaziga Trampning yoniga oson kiriş imkoniyatiga egaligiga e’tibor qaratgan. U AQŞning saylangan prezidenti bilan birga tuşlik qiladi, uning xorijiy davlatlar rahbarlari (masalan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy) bilan telefon muloqotlarida qatnaşadi hamda önlab soat vaqtini Tramp bilan ötkazadi. Yaqinda Mask va Tramp Amazon asosçisi Jyeff Bezos bilan keçki ovqatni birga qilişgandi. NYT yozişiça, Maskning odamlari ham Trampning bölğusi ma’muriyatidagi rahbarlik lavozimlari uçun nomzodlar muhokamasida iştirok etgan.
Donald Tramp 27 dekabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida katta ehtimol bilan Ilon Mask manziliga qaratilgan şunday xabar qoldirdi: «Qayerdasan? „Olam markazi“ga, Mar-a-Lagoga qaçon kelasan? Bill Geyts bugun keçqurun kelişga ruxsat söradi. Biz seni va X’ni soğindik! Yangi yil keçasi ajoyib böladi!!!»
The New York Times naşri qayd etişiça, Donald Tramp 1990-yillarda Mar-a-Lagodagi qarorgohini elita klubiga aylantirgan. Mask uşbu mulk hududidagi kottej ijarasi uçun qança tölagani noma’lum, ammo avval bu uy bir kun uçun ikki ming dollarga ijaraga berilgan. Odatda Mar-a-Lago ma’muriyati mehmonlarga hisobni ular jönab ketişidan oldin beradi. Şunday qilib, Tramp Maskning yakuniy hisobini qisqartirişi yoki umuman tölov olmasligi ham mumkin, deb yozadi naşr. Yakunda tadbirkor yaşagani uçun qança tölaşi noma’lum.












