Özbekistonda elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari uçun alohida tariflar joriy etiş böyiça qaror loyihasi işlab çiqilmoqda. Bu haqda bugun, 2 yanvar kuni Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, iste’mol köp böladigan ertalabki soat 6:00 dan 10:00 gaça hamda keçki soat 17:00 dan 22:00 gaça bölgan vaqt oraliğida zaryadlaş stansiyalari uçun nisbatan oşirilgan tarif, tungi vaqtda esa 50 foizgaça arzonlaştirilgan tarif qöllanişi möljallanmoqda.
Tiğiz vaqtlarda tarif neça foizgaça oşirilişiga aniqlik kiritilmagan.
Elektromobilni uyda quvvatlaşni rağbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi — prezident
Energetika vazirligi bugun e’lon qilgan videolavhada, vazir örinbosari Umid Mamadaminov elektromobillarni zaryadlaş stansiyalari elektrdan uzib qöyilgani böyiça izoh bergan.
Uning sözlariga köra, dekabr oyining örtalarida tegişli idoralar ötkazgan reyd çoğida subiste’molçilar faoliyati belgilangan talablarga qançalik mosligi örganilgan.
“Örganiş yakunlariga köra, şu kunning özida bir qança stansiyalar öçirilgan. Energetika vazirligining aralaşuvidan söng, faoliyatida kamçilikka yöl qöymagan stansiyalar tarmoqqa qayta ulangan. Faqat texnik şartlar va boşqa majburiyatlarga doir muammolarga ega bölgan 11 dona stansiyaga hujjatlar bilan boğliq masalalarni hal qilib olgunga qadar qonunçilikda belgilangan oraliqda muddat belgilangan. Ayni paytgaça ular ham tarmoqqa ulangan bölib, bugun Toşkent şahrida öçirilgan bironta ham quvvantiriş stansiyasi yöq”, – degan Mamadaminov.

Vazir örinbosarining sözlariga köra, subabonent sifatida elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalarini öz hududiga ulagan barça tadbirkorlik sub’yektlari hududiy elektr tarmoqlari filiallariga murojaat qilgan holda, özlarining texnik şartlarini özgartirişlari va yangi quvvatlarni belgilab olişlari kerak.
Ta’kidlanişiça, Toşkent şahrida 500 dan ziyod quvvatlantiriş stansiyalari işlab turgan bölsa, ularning faqat 103 tasi texnik şartlarga ega. 2024 yil 1 noyabrigaça Özbekistonga 5417 ta quvvatlantiriş stansiyasi olib kirilgan va “şu yilning özida ana şunça texnik şart olinişi kerak bölgan”.








