Mamlakat prezidenti Yun Sok Yol işini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovçilar 3 yanvar, juma kuni ertalab Seuldagi qarorgohiga uni qölga oliş uçun yetib keldi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Janubiy Koreyaning yuqori martabali hukumat amaldorlari uçun Jinoyat qidiruv xizmati (CIO) va politsiya xodimlari Yunning qarorgohiga mahalliy vaqt bilan 7.20 (Toşkent vaqti bilan 3.21) da yetib kelişdi. Taxminan soat 8.00 da 50 kişidan iborat tergov guruhi qarorgoh hududiga kirdi, biroq harbiylar yölni tösib qöyişdi. Toşkent vaqti bilan soat 5.54 lar atrofida tergovçilar harbiy xizmatçilarning ikki qatorini yorib ötişga muvaffaq bölişgani ma’lum böldi. Endi Yunning qöriqçilari ularni içkariga kiritmayapti.
Yonhap agentligining xabar berişiça, politsiya prezident qarorgohi yaqinida tartibni saqlaş uçun 45 ta maxsus bölinma va 2700 nafar xodimni joylaştirgan. Uning yonida Yunning 1,2 ming tarafdori yiğilib, «prezidentni himoya qiliş» va «impiçmentni bekor qiliş»ga çaqirişdi. Ulardan ba’zilari politsiya bilan töqnaşgan.
Sud Yun Sok Yolni hibsga oliş uçun qarorni tasdiqladi
Seul ğarbiy okrug sudi 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etiş töğrisidagi qarori tufayli hokimiyatdan çetlatilgan Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Yun Sok Yolni hibsga oliş orderini ma’qulladi. Bu haqda 31 dekabr kuni tergov idoralari va yuqori lavozimli amaldorlar örtasidagi korrupsiyani tergov qiliş departamentiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Yonhap agentligining aniqlik kiritişiça, mamlakat konstitutsiyaviy tarixida birinçi marta amaldagi davlat rahbarini hibsga oliş uçun order berilgan. Agentlik ma’lumotlariga köra, tintuv uçun order ham taqdim etilgan. Yaqin kunlarda prokuratura hibsga oliş haqidagi buyruqni, jumladan, prezident qarorgohida ham bajarişga kirişişi kutilmoqda.









