Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen 6 yanvar kuni öng populistik Avstriya Ozodlik partiyasi (AOP) rahbari Herbert Kikl bilan uçraşib, bölajak hukumatni şakllantiriş masalasini muhokama qiladi. Dpa agentligining 5 yanvar, yakşanba kuni aniqlik kiritişiça, Kikl hali uni tuziş uçun mandat olmagan.

Van der Bellen 4 yanvar kuni iste’foga çiqişini e’lon qilgan Avstriya kansleri va konservativ Avstriya Xalq partiyasi (AXP) raisi Karl Nexammerning bayonotidan söng uçraşuv töğrisida qaror qabul qildi.

Agar Nexammer ketganidan keyin AXP öng populistlar bilan muzokaralar olib borişga rozi bölsa, gap faqat konservatorlar yangi vazirlar mahkamasida Avstriya Ozodlik partiyasining kiçik hamkorlari bölişi mumkinligi haqida boradi. Bu haqda dpa agentligi ma’lum qildi. Bunday holda, kansler lavozimini mamlakat tarixida birinçi marta öng populistlar rahbari egallaydi.

Kikl, xususan, Rossiyaga döstona pozitsiyasi va keng kölamli deportatsiyalarni nazarda tutuvçi öta qattiq migratsiya siyosati bilan tanilgan, deya eslatadi dpa.