«Oltin toğlar» va’da qilgan Tramp. Uning rejasida nimalar notöğri?
|16:51 / 06.01.202513 34822 min
Donald Tramp yana bir bor «Amerikaning buyukligini tiklaş», ya’ni dunyodagi eng yirik iqtisodiyotni yanada mustahkamlaşni va’da qilmoqda. Biroq, AQŞning eski-yangi prezidenti rejalarini iqtisodçilar qança köp tahlil qilsa, şunça köp şubhalar paydo bölmoqda.
Donald Tramp. Foto: ReutersDonald Tramp. Foto: Reuters
Iqtisodçilar fikriça, Tramp tomonidan taklif etilgan yöllar Amerikaga boylikni oşiriş, sanoatni qayta tiklaş va Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasini töxtatişda unçalik samarali bölmasligi mumkin.
Uning jamoasi tomonidan «ilk kundayoq» qat’iy özgarişlarni amalga oşiriş qobiliyati, Trampning tahdidlariga qaramay, tahlilçilarda şubhalar uyğotmoqda va taklif etilgan islohotlar köp holatlarda bir-biriga zid kelişi ta’kidlanmoqda.
Masalan, Tramp barça importga tariflarni oşiriş, soliqlarni kamaytiriş, migrantlarni deportatsiya qiliş va neft hamda gaz qazib olişni köpaytirişni va’da qilmoqda. Uning maqsadi – iqtisodiy ösişni jadallaştiriş, investitsiyalarni rağbatlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş, savdo defitsitini qisqartiriş, dollarni zaiflaştiriş va inflatsiyani pasaytirişdir.
Biroq, tariflarni oşiriş va deportatsiya qiliş dollarning zaiflaşuviga qarşi turib, narxlarni kötarişga, şuningdek, kredit stavkalari va valutalari kursini oşirişga sabab böladi. Migrantlarni deportatsiya qiliş esa iqtisodiy ösişni zaiflaştiradi va bu vaziyatda soliqlarni kamaytiriş budjet tanqisligi, davlat qarzi va uning foizlari böyiça sarflarni yanada oşiradi.
Energiya resurslariga narxlar past bölgan şaroitda neft va gaz qazib olişni oşiriş neft va gaz kompaniyalarini bankrotlik xavfiga duçor qiladi, bu esa qaziş işlari, investitsiyalar va işlab çiqarişni qisqartirişga olib keladi.
Trampning siyosati va ana şunday murakkab va ziddiyatli taşabbuslaridan kelib çiqilsa, uning yanvar oyi oxirida Oq uyga köçib kirib, amaldagi işlarga ötişidan keyingina AQŞ iqtisodiyotining bir-ikki yillik prognozlarini beriş mumkin böladi. Biroq, bu Trampning asosiy e’lon qilingan islohotlarini töplab, ularning Amerika va dunyo uçun ehtimoliy oqibatlarini baholaşga hozirdanoq xalaqit bermaydi, deb yozmoqda BBC.
Tramp bojlar evaziga Amerika sanoatçilarini xitoylik raqobatçilaridan himoya qilişni va’da qilmoqda. Bu surat saylovoldi kampaniyasida Detroytdagi avtomobil ehtiyot qismlari zavodida tuşirilgan. Foto: AFP
«Men past soliqlar, yumşoq tartibga soliş, arzon energiya, arzon kreditlar va barça fuqarolarning daromadlari tez ösişini va’da qilaman, — degandi Tramp sentabr oyida. — Mening rejam inflatsiyani tezda yengişga, narxlarni kamaytirişga va iqtisodiy ösişni portlovçi sur’atlarda qayta tiklaşga imkon beradi».
Mavzuga oid
Tramp saylovçilarni osongina işontirdi. Ammo mutaxassislarni emas.
«Taklif qilingan çoralar katta ehtimol bilan puxta öylanmagan, şoşma-şoşarlik bilan çiqarilgan va bu Amerika hamda jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazişi mumkin», — deydi iqtisodçi Pol Mortimer-Li. U XVF va Angliya bankida faoliyat yuritgan, hozirda esa Nyu Yorkda BNP Paribas’ning Amerika iqtisodiyotini tahlil qiliş bölimiga rahbarlik qiladi.
«AQŞ oldida köplab murakkab muammolar turibdi, va aniqki, Tramp ularni oddiy va uzoq ta’sir körsatuvçi çoralar, nihoyatda oddiy va nihoyatda uzoqqa möljallangan çoralar bilan hal qilişga urinib köradi», — deb xulosa qiladi u Tramp taşabbuslarini tahlil etib.
Xöş, Tramp özi nimalarni taklif qilmoqda va nega tanqidçilar uning rejalari kutilganidek işlaşidan şubhalanmoqda?
Bojlar, tariflar va savdo uruşlari
Tramp savdo hamkorlariga import bojlari orqali bosim ötkazişga tahdid qilmoqda. Bojxona tariflari uning iqtisodiy va taşqi siyosatidagi asosiy qurol bölib, bu safar ularni ilk prezidentlik davriga nisbatan faolroq qöllaş niyatida. Asosiy maqsad — boşqa mamlakatlarni Amerika tovarlarini köproq sotib olişga majbur qiliş, savdo defitsitini qisqartiriş va Amerika sanoatini qayta tiklaş.
Saylovoldi kampaniyasida Tramp AQŞga kiruvçi barça importga 10 foizdan 20 foizgaça qöşimça boj tölovlari joriy etişni va’da qilgandi. Uning asosiy raqibi bölgan Xitoyga esa 60 foizlik boj qöyiş bilan tahdid qilgan.
Prezidentlikka saylangaç, u öz bosimini davom ettirib, qöşni Meksika va Kanadaga 25 foizlik boj tölovlarini joriy etiş tahdidini ham bildirdi. Şuningdek, agar Yevropa mamlakatlari AQŞdan neft va gaz sotib oliş hajmini oşiriş majburiyatini öz zimmasiga olmasa, ularga nisbatan ham şu kabi çoralarni qöllaş bilan qörqitdi.
Bundan taşqari, BRICS davlatlari — Xitoy bilan birga AQŞning muhim savdo hamkorlari hisoblangan Braziliya va Hindiston — özlarining özaro hisob-kitoblarida dollarga muqobil izlaşni davom ettirsa, Tramp ularga 100 foizlik boj tölovlari joriy qilişini aytgan.
Tarif uruşlaridagi muammolar nimada?
Birinçidan, savdo hamkorlari bunga javoban qarşi bojlar joriy etiş yoki öz valutalarini qadrsizlantiriş orqali javob qilişlari aniq.
Xitoy esa, avvalgi tajribadan kelib çiqib, AQŞ tovarlariga nisbatan import çeklovlari joriy qiliş bilan tahdid qilmoqda.
Buning natijasida AQŞ iqtisodiyoti ösişi sekinlaşadi, narxlar esa tezroq ösadi. AQŞ Kongressi Budjet ofisi Senat spikeri va moliya hamda budjet böyiça qömita rahbarlari söroviga javoban Tramp tariflarining oqibatlarini şunday baholagan.
Narxlar ösişi AQŞ markaziy bankini inflatsiyaga qarşi kuraş maqsadida kredit stavkalarini pasaytiriş jarayonini qayta körib çiqişga majbur qiladi. Bu esa iqtisodiyot yanada sekinlaşişiga, budjet va aholi daromadlari qisqarişiga, şuningdek, taqçillik va qarzlar oşişiga olib keladi.
Bu holat Trampning iqtisodiy islohotlar uçun belgilab olgan maqsadlariga ziddir.
Soliqlarni pasaytiriş
Tramp soliqlarni keng miqyosda qisqartirişni va’da qilmoqda. Bundan közlangan maqsad – biznesni qayta jonlantiriş va iqtisodiy ösişni tezlatiş.
Foto: EPA
Özining avvalgi prezidentlik muddati davomida Tramp soliqlarni biroz kamaytirgan, ammo 2017 yilda qabul qilingan soliq imtiyozlari paketi 2025 yilda tugaydi. Tramp nafaqat bu imtiyozlarni uzaytirişni, balki yangi soliq yengilliklarini joriy etişni ham va’da qilmoqda. Qabul qilingan soliq daromadlari yöqotişini u yangi import bojlari va davlat xarajatlarini qisqartiriş orqali qoplaşni rejalaştirmoqda.
Soliqlarni pasaytiriş bilan boğliq muammolar nimada?
Import bojlari yöqotilgan daromadlarni qoplaş uçun yetarli emas. Ular davlat xazinasiga ön yillar davomida taxminan 2 trln dollar olib keladi, xolos. Şu bilan birga, Pol Mortimer-Lining hisoblaşiça, soliqlarni qisqartirişning kutilayotgan xarajati 5 trln dollarni taşkil etadi. Urban Institute va Brookings Institution soliq siyosati markazi esa bu raqamga yanada qayğuli tus bergan — 9 trln dollar.
2025 yilda soliqlarni oşirişni bekor qiliş budjet daromadlarini qisqartirsa-da, iqtisodiy ösişni tezlaştirmaydi. Bunga sabab yangi budjet stimullarining yöqligidadir. Agar Oq uy qöşimça soliqlarni pasaytiriş rejalarini öylab topgan taqdirda ham, yangi soliq paketini Kongressdan ötkaziş qiyin böladi. Hatto u qabul qilingan taqdirda ham, amal qiliş faqat keyingi budjet yilida boşlanadi.
Avvalgi muddatda Trampga radikal soliq islohotini darhol amalga oşiriş imkoni bölmagan edi. Bu safar ham uning imkoniyatlari yuqori emas: an’anaviy ravişda bunday islohot uçun Senatda kamida 100 ta örindan 60 tasining qöllab-quvvatlaşi talab etiladi. Hozirda esa respublikaçilar Senatda 53 öringa ega, xolos.
Migrantlarni deportatsiya qiliş
Sönggi yillarda AQŞga migrantlar oqimi misli körilmagan darajaga yetdi. Tramp faqat çegaralarni yopiş emas, balki legalizatsiyani kutayotgan barça migrantlarni çiqarib yuborişni va’da qildi. Bu millionlab odamlarga taalluqli.
Foto: EPA
Migrantlarga qarşi kuraş qanday muammolarni keltirib çiqaradi?
Migrantlar oqimi tufayli AQŞ iqtisodiyoti sönggi yillarda imkoniyatlarining eng yuqori darajasida ösib bormoqda. Bu mamlakat jahonning ikkinçi yirik iqtisodiyoti bölgan Yevroittifoqni ham ortda qoldirib, minimal işsizlik darajasida rivojlanmoqda.
Işçi kuçi taklifi qisqarişi şaroitida deyarli töliq bandlikning mavjudligi iqtisodiy ösişni sezilarli darajada sustlaştiradi, budjet daromadlarini kamaytiradi va inflatsiyani tezlaştiradi: avval iş haqlari ösadi, keyin esa narxlar.
Turli hisob-kitoblarga köra, sönggi uç yil içida AQŞga 10 mln dan ortiq odam kirib kelgan. Pandemiyagaça migratsiya har yili AQŞga taxminan yarim million yangi işçi qöşib berardi. Koviddan keyingi davrda bu körsatkiç ikki millionga yetdi, deb hisoblaydi Barclays tahlilçilari.
Agar Trampning barça noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş böyiça va’dalari amalga oşmasa ham, oçiq çegaralar davri saylovlardan oldin tugagan edi. Jo Bayden kuzda migratsiya siyosatini qat’iylaştirgan, bu çoraning özi 2025 yilda işçi kuçi taklifini 700 ming kişiga qisqartiradi, deb prognoz qilmoqda Barclays.
Tramp, ehtimol, çeklovlarni yanada kuçaytiradi, bu esa AQŞ iqtisodiyotining asosiy rivojlaniş motorlaridan biri — arzon işçi kuçi oqimini töxtatadi.
Bundan taşqari, iş haqlari va narxlar ösişi Amerika markaziy banki — Federal zaxira tizimi uçun qöşimça qiyinçiliklarni yuzaga keltiradi. Iqtisodiyot sustlaşganda, Tramp iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş uçun foiz stavkalarini pasaytirişni talab qiladi. Ammo inflatsiya bosimi Federal zaxirani stavkalarni saqlab qolişga yoki hatto oşirişga majbur qiladi.
Xalqaro moliya instituti (Institute of International Finance) ekspertlari ta’kidlaşiça, «ayniqsa migrant işçilariga boğliq bölgan qişloq xöjaligi, quriliş va soğliqni saqlaş sohalarida işçi kuçi tanqisligi iş haqlari ösişiga va inflatsiya bosimi kuçayişiga olib keladi. Bu Federal zaxira uçun qöşimça muammolarni yuzaga keltiradi.
Şuningdek, noaniq bölsa-da, deportatsiya xavfi ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlikni keltirib çiqarişi va iste’molçi kayfiyatiga ta’sir qilişi mumkin».
Davlat xarajatlarini qisqartiriş va budjet taqçilligini yöqotiş
Tramp davlat budjeti xarajatlarini tejaş vazifasini milliarder Ilon Maskka işonib topşirdi. Mask esa bu vazifani öz zimmasiga olgan zahotiyoq davlat xarajatlarini 2 trln dollarga qisqartirişni va’da qildi.
Ilon Mask. Foto: Reuters
Bunday iqtisodiy çora bugungi kundagi budjetdagi katta «teşik»ni yopişi va Oq uyning asosiy iqtisodiy muammosini hal qilişi mumkin. AQŞ hukumati oxirgi uç yil davomida gigant budjet taqçilligi bilan yaşab kelmoqda, bu defitsit yalpi içki mahsulotning 6 foizidan ortiqni taşkil qiladi. Bu körsatkiç tinçlik davri uçun misli körilmagan holatdir.
Budjet daromadlari va xarajatlari örtasidagi bunday katta farq nafaqat qarz tez ortişiga olib keladi. Bundan taşqari, budjetdagi taqçillik hukumatni kutilmagan iqtisodiy krizislar uçun manyovr qiliş imkoniyatidan mahrum etadi. Agarda uruş, pandemiya yoki retsessiya yuz bersa, aholini qöllab-quvvatlaş va biznesni rağbatlantiriş uçun xarajatlarni keskin oşiriş kerak böladi. Ammo bunday katta defitsit şaroitida hukumatga yana qarz oliş juda qimmatga tuşadi va deyarli imkonsiz böladi.
Nega davlat xarajatlarini qisqartiriş oson emas?
Davlat xarajatlarini 2 trln dollarga qisqartirişni himoyalangan budjet moddalarini (soğliqni saqlaş va keksalarni ijtimoiy ta’minlaş) keskin kamaytirmasdan amalga oşirişning iloji yöq. Aksinça, aholi qarib borayotgan bir paytda ijtimoiy xarajatlarni oşiriş zarurati paydo böladi.
Har qanday boşqa xarajatlar 1,7 trln dollardan oşmaydi. Ularning yarmi mudofaa uçun sarflansa, qolgani transport, ta’lim, uy-joy, fan va atrof-muhitga yönaltiriladi. Ularni qisqartiriş ham qiyin.
Tramp elektromobillar uçun Baydenning «yaşil» islohoti doirasida joriy qilingan subsidiyalarni bekor qilişni va’da qilgan. Ammo bunga erişiş ham oson emas. Bloomberg tahlillariga köra, elektromobillar va batareyalar işlab çiqaruvçi 25 ta yirik zavoddan 19 tasi respublikaçilar nazoratidagi okruglarda joylaşgan. Qolganlari ham Tramp ğolib çiqqan ştatlarda.
Şu sababli, 2 trln dollarlik tejamkorlik örniga, hozirda yillik 500 mlrd dollargaça bölgan kamroq raqam muhokama qilinmoqda. Hattoki şu ham katta summa.
Bu YaIMning 1,7 foiziga teng. Biroq, tariflarni oşiriş va migrantlarni deportatsiya qiliş bilan birga, bunday darajadagi budjet xarajatlarini qisqartiriş iqtisodiy tanazzulga olib kelişi mumkin, deya ogohlantiradi BNP Paribas’ning Mortimer-Li.
Agar budjet siyosati keskin kuçaytirilsa va retsessiya boşlansa, AQŞ Federal zaxira tizimi pul-kredit siyosatini yumşatişiga töğri keladi. Hozirgi vaziyatda davlat xarajatlari yuqori bölib, xususiy kredit FZTning yuqori stavkalari bilan çeklanmoqda. Agar budjet xarajatlari kamayib, FZT iqtisodiyotni past stavkalar bilan rağbatlantirsa, dollar kursi pasayişi mumkin, deb yozadi Mortimer-Li.
Tramp aynan şunday narsani xohlayapti. Ammo retsessiya evaziga emasligi aniq.
Dollarni zaiflaştiriş
Tramp va uning vitse-prezidenti Jyey Di Vens dollarni zaiflaştiriş ğoyasini bir neça bor oldinga surgan. Ular kuçli dollar AQŞga zarar yetkazadi, çunki u Xitoy va boşqa mamlakatlardan importni arzon va oson qiladi, şu tariqa AQŞning sanoat bazasini zaiflaştiradi, deb hisoblaydi.
Foto: Reuters
Trampning jamoasi Ronald Reygan davridagi «Plaza» kelişuvi singari AQŞning savdo şeriklarini öz valutalarini qayta baholaşga majbur qiliş ğoyasini ham muhokama qilgan.
Nega Tramp uçun dollarni devalvatsiya qiliş qiyin böladi?
Institute of International Finance tahlilçilari fikriga köra, Trampning boşqa islohotlari dollarni kuçaytirişga xizmat qiladi.
«Soliqlarni kamaytiriş, savdo tariflari, infratuzilmaga xarajatlar va migratsiya qoidalarini qat’iylaştiriş — bularning barçasi kredit stavkalari kötarilişiga olib keladi, bu esa dollar yanada kuçayişiga sabab böladi», — deydi ular.
AQŞ iqtisodiyotiga bölgan işonç ham dollarni kuçaytirişga olib keladi. Çunki xorijlik sarmoyadorlar Tesla, Apple, Amazon kabi yirik AQŞ korporatsiyalari aksiyalarini xarid qiliş uçun avval dollar sotib olişi kerak.
Tramp jamoasining yangi «Plaza» kelişuvi yoki «Mar-a-Lago kelişuvi»ni taklif qiliş ğoyasi haqiqatga yaqin emas, deb hisoblaydi OMFIF’ning yetakçi eksperti Mark Sobel.
«Tramp jamoasi dollarni zaiflaştirişni xohlaydi, ammo bunga qanday erişiş kerakligini tuşunmaydi. Tariflar va yumşoq budjet siyosati dollarni zaiflaştirmaydi, aksinça, uni mustahkamlaydi», — deydi Sobel Financial Times uçun yozgan maqolasida.
1985 yilda imzolangan «Plaza» kelişuvi davrida dunyo boşqaça edi. Öşanda markaziy banklarni intervensiya qilişga majbur qiliş, AQŞ budjeti taqçilligini qisqartiriş va Yaponiya hamda boşqa savdo şeriklarini içki talabni oşirişga undaş mumkin edi. Bu çoralar savdo va sarmoya balansini töğrilab, dollarning mustahkamlanişini kamaytirişga xizmat qilgan.
Hozirda esa markaziy banklar mustaqil va ularning asosiy vazifasi — inflatsiyani nazorat qiliş. Şu bilan birga, budjetni rağbatlantiriş uçun ortiqça mablağ deyarli heç bir davlatda yöq.
Bundan taşqari, öşa paytda AQŞning asosiy savdo şeriklari uning ittifoqçilari edi. Hozirda esa Yaponiya, yevrozona davlatlari va Buyuk Britaniyadan taşqari, AQŞ özining asosiy raqibi — Xitoy bilan ham kelişuvga erişişi kerak böladi.
Neft va gaz qazib olişning ösişi
«Burğila, jonim, burğila!» — Trampning yorqin saylovoldi şiori AQŞ neft va gaz sanoatini gullatişga va’da beradi. AQŞ dunyodagi eng yirik neft va gaz işlab çiqaruvçi davlat bölib, uşbu tarmoqdagi ösişdan manfaatdor.
Tramp neft quvurlari qurilişiga, tabiat qöriqxonalarida qaziş işlariga va suyultirilgan gaz eksportiga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaşni va’da qilmoqda. Maqsad — benzin narxini pasaytiriş, biznes va sanoatni arzon energiya bilan ta’minlaş orqali daromadlar va raqobatbardoşlikni oşiriş.
Foto: khaleejtimes.com
«Bu imkonsiz». Nega?
Qazib çiqariş hajmini oşiriş taklif ortişiga va narxlar tuşişiga olib keladi. AQŞdagi köplab neft-gaz kompaniyalari hozirda ham rentabellik çegarasida faoliyat yuritmoqda. Narxlar tuşişi ularni yangi quduqlar qaziş emas, balki mavjud quduqlarni yopişga majbur qiladi. Bu kovid paytida ham şunday bölgandi, çunki talab keskin pasaygan.
«Tramp yanvarda lavozimga kirişgandan söng, quruqlikdagi neft qazib çiqariş hajmi özgarişini kutmayapmiz», — deydi Rapidan Energy Group kompaniyasi neft tahlilçisi Hanter Kornfeynd. «Tramp saylovoldi kampaniyasida neft narxlari tuşişi haqida gapirgandi, biroq bir vaqtning özida ham narxlarni pasaytiriş, ham işlab çiqarişni faol oşiriş mumkin emas. Bunday bölmaydi».
Neft va gaz qazib çiqariş hajmini oşiriş böyiça sarmoya qarorlari Oq uy ma’muriyati yoki mansabdor şaxslar tomonidan emas, xususiy kompaniyalar tomonidan aksionerlar daromadini közlab qabul qilinadi.
Suyultirilgan gaz eksporti bilan boğliq holat esa teskaridir.
Gazni eksport qiliş manfaatli, çunki uning Yevropada va Osiyodagi narxi AQŞdagiga nisbatan beş barobar yuqori. Bayden davrida joriy qilingan eksport çeklovlarini bekor qiliş kompaniyalar uçun sotuv va foyda hajmini oşiradi. Biroq bu içki bozorda taklifni qisqartirib, narxlarni oşiradi. Holbuki, Tramp mutlaqo teskarisini va’da qilgan edi.
Nega Trampning harakatlari çeklangan?
Iqtisodçi Nuriel Rubinining fikriça, Tramp tomonidan taklif qilingan ayrim islohotlar AQŞ farovonligini oşiriş va narxlar ösişini çeklaşga yordam berişi mumkin. Ammo boşqa çoralar muvozanatsizlik va inqiroz xavfini keltirib çiqaradi.
«Biznesni qöllab-quvvatlaş, soliqlarni pasaytiriş, davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, regulyatsiyalarni kamaytiriş, neft va gaz qazib çiqarişni köpaytiriş iqtisodiyot ösişiga va inflatsiya sekinlaşişiga olib kelişi mumkin», — dedi Rubini Bloomberg podkastida.
Ammo u bu jarayonda muammoli çora-tadbirlarni ham sanab ötdi:
Tariflar va Xitoy bilan iqtisodiy uruş
Qat’iy antiimmigratsion çoralar
Soliqlarni qisqartiriş va budjet taqçilligining nazoratsiz ösişi
Dollarning nazoratsiz devalvatsiyasi
FZT (Amerika markaziy banki) mustaqilligiga aralaşuv.
Rubini bu çoralarning Amerika uçun stagflyatsiya — sekin iqtisodiy ösiş va yuqori inflatsiya şaroitidagi töxtab qoliş xavfini keltirişi haqida ogohlantirdi.
Ma’ruzalarida köproq qörqinçli prognozlari bilan tanilgan Rubini bu safar vaziyatga nisbatan optimistik yondaşadi. Uning fikriça, Tramp öta destruktiv siyosat yuritişga qodir emas va notöğri yölga kirsa, öz yönalişini töğrilaşga majbur böladi.
Bunga bir neçta sabablar bor:
Mö’tadil iqtisodiy jamoa: Trampning iqtisodiy jamoasi a’zolarining ayrimlari mö’tadil qaraşlarga ega. Masalan, bölajak moliya vaziri Skott Bessent. Rubinining ta’kidlaşiça, u stagflyatsiyaga olib keluvçi siyosat iqtisodiyot va bozorlarga zarar yetkazişini yaxşi tuşunadi.
Dollar va savdo uruşlariga qarşi pozitsiya: Bessent kuçli dollar va savdo uruşlariga qarşi ekani, hatto Tramp jamoasining monolit körinişidan ham çeklovçi omil bölişi mumkin.
Nyu York birjasi. Foto: Reuters
Bulardan kelib çiqib, Rubini Tramp hukumatining köplab ğoyalari amalga oşirilmasligi mumkinligi va içki va taşqi balans örnatilişiga işonadi.
Ikkinçidan, bozorlar Trampning iqtisodiy siyosatidagi har bir harakatini diqqat bilan kuzatmoqda va noörin qarorlar qabul qilinsa, Amerika aktivlarini ommaviy sotiş bilan javob beradi. Agar Trampning dastlabki iqtisodiy siyosat qadamlari inflatsiya ortişi belgilarini körsatsa, obligatsiyalar narxi pasayadi, stavkalar esa kötariladi.
«Obligatsiyalar daromaddorligi ösişi fond bozori tuşişiga olib kelişi mumkin. Trampni haqiqatan bezovta qiluvçi narsa bor bölsa, u ham fond bozori», — deydi iqtisodçi Nuriel Rubini.
Brookings Institution tadqiqotçisi Duglas Rediker ham şunday fikrda. Uning ta’kidlaşiça, Trampni savdo va tarif siyosatlarida keskin qadamlardan nafaqat Amerika biznesi va ittifoqçilari, balki savdo hamkorlari ham qaytaradi. Ammo asosiy çeklovçi omillar iqtisodiyot va fond bozori reaksiyasi böladi.
Tramp lavozimga kirişişidan oldinoq jiddiy signal berilgandi. Amerika markaziy banki Trampning inflatsiyaga olib keluvçi rejalari haqidagi fikrlarni inobatga olib, dekabr oyida ötkazilgan yiğilişda siyosatini biroz qat’iylaştirgan. Bu, FZTning kredit stavkalarini tuşiriş sur’atlari Tramp ğalabasiga qadar kutilganidek tez bölmasligini anglatgan edi.
Bozor bu qarorga tez javob berdi. Aksiyalar sotuvi şunçalik keng kölamli böldiki, rojdestvo va yangi yil bayrami oraliğida asosiy indeks 3 foizga tuşdi — bu kabi holat sönggi marta ötgan asr örtalarida kuzatilgan edi.
Amerika fond bozori ikki yillik rekordli ösişdan söng, investorlar sabrlarining söngi nuqtasiga yetdi. Ular bozor tuzatuvlarini kutişdan çarçagan va Trampning dasturi kutilgan natijalarni bermayotganiga işora qiluvçi har qanday signal bozor sotuvini keltirib çiqarişi mumkin. Bu esa Oq uyni radikal islohotlardan qaytariş ehtimolini oşiradi.
«Bozorlarning keskin tuşişi yoki inflatsiyaning tösatdan ösişi Trampning islohotlari uçun eng samarali tösiq bölişi va uni siyosatini qayta körib çiqişga majbur qilişi mumkin», — deydi Duglas Rediker.