Soğliqni saqlaş vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan tölgani, ularning bir qismi yangi virusga çalingani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga çalingani xususidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz.

«Gap şundaki, Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beşta — çaqaloqlarni parvariş qiliş, çaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, gepatologiya, nefrologiya hamda umumiy pediatriya bölimlarida profilaktik yuviş-tozalaş va zararsizlantiriş işlari amalga oşirilgan.

Mazkur bölimlarning barçasi bugun, 6 yanvar kunidan qayta oçildi va bu holat tabiiy ravişda bemorlar oqimi nisbatan ortişiga sabab böldi», — deyiladi munosabatda.

Şuningdek, qayd etilişiça, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga çalingan bemorlarni qabul qiliş va davolaşga ixtisoslaştirilmagan.

Soğliqni saqlaş vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan turli asossiz va tekşirilmagan xabarlar tarqatmaslikni söragan.

Avvalroq Sanepidqömita metapnevmovirus infeksiyasi töğrisida ma’lumot bergandi. Qömitaga köra, metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi. Uşbu virus bilan kasallaniş holatlari har yili dunyoning barça mamlakatlarida qayd etiladi.