AQŞ hokimiyat almaşganidan keyin Suriyaga qarşi sanksiyalarni yumşatdi. Bu haqda AQŞ Moliya vazirligi xabar berdi.
Xususan, Vaşington Suriyadagi davlat muassasalari bilan ba’zi moliyaviy operatsiyalarga, energiya resurslari uçun tölovlarga, şuningdek, Suriya Markaziy banki orqali pul ötkazmalariga (Rossiya yoki Eron manfaatlaridan taşqari) çeklovlarni vaqtinça bekor qildi.
«Bugungi kunda AQŞ Moliya vazirligining Çet el aktivlarini nazorat qiliş boşqarmasi Suriyadagi faoliyat va operatsiyalar uçun ruxsatnomani 2024 yil 8 dekabrdan keyin uzaytiriş uçun Suriya boş litsenziyasini (GL 24) berdi. Bu ruxsatnoma 6 oy muddatga berildi. AQŞ Suriyadagi vaziyatni kuzatişda davom etmoqda», deyiladi bayonotda.
GL 24 litsenziyasi 2024 yil 8 dekabrdan keyin Suriyadagi davlat idoralari bilan operatsiyalar uçun amal qiladi. Xususan, neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan boğliq bitimlar, şuningdek, mamlakatga şaxsiy pul ötkazmalarini amalga oşirişga ruxsat etiladi.
«Rossiya va Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan Başar Asadning şafqatsiz va repressiv boşqaruvining tugatilişi Suriya va uning xalqiga qayta tiklaniş uçun noyob imkoniyat yaratadi. Uşbu ötiş davrida Moliya vazirligi Suriyada gumanitar yordam va mas’uliyatli boşqaruvni qöllab-quvvatlaşda davom etadi», dedi AQŞ moliya vaziri örinbosari Uolli Adeyyemo.








