Gabonda fillar tödasi amerikalik millionerni ov qilayotgan vaqtida toptab öldirdi, deb xabar berdi Daily Mail gazetasi Collect Africa sayohat kompaniyasiga tayanib.
"Afrikada beşta fil antilopa ovlayotgan amerikalik millionerni toptab öldirdi", — deyiladi naşr xabarida.
Xabarda aytilişiça, halok bölgan millioner Kaliforniyada tokzoriga ega bölgan 76 yoşli Erni Dozio bölib, u önlab yillardan buyon Afrika va Amerikada ekzotik jonivorlarni ovlaş bilan şuğullanib kelgan.





Dozio va uning hamrohi örmonda ov qiliş çoğida beşta fil va fil bolasiga duç kelgan. Ularning qölidagi qurollarni körgan fillar darhol hujumga ötgan.
Hujum oqibatida millioner halok bölgan, hamrohi esa jarohatlangan, deb yozadi gazeta Dozio bilan taniş bölgan keyptaunlik sobiq ovçining sözlariga asoslanib.











