Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da’volari böyiça qanday fikrda?
|21:16 / 09.01.20259 94513 min
Ikki haftadan keyin yana AQŞ prezidenti lavozimiga kirişadigan Donald Tramp sönggi kunlarda birdaniga bir neça davlatning yerlariga köz olaytirdi: u Kanadaga AQŞning 51-ştati bölişni taklif qildi, Daniyadan Grenlandiyani sotişni talab qildi (birinçi marta emas), Panama rasmiylari bilan esa Panama kanali taqdirini muhokama qilayotganini aytdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Uning ayrim da’volari birinçi marta yangrayotgani yöq — şunga qaramay, bu safar Trampning sözlariga ança keskin ohanglarda reaksiya bildirildi.
AQŞning saylangan prezidenti Ukrainadagi uruş mavzusida ham gapirdi va bu sözlar amaldagi prezident Jo Bayden hamda Yevroittifoq rahbarlari aytayotgan gaplardan tubdan farq qiladi.
Kanada: «Imkoni yöq»
6 yanvar kuni, inauguratsiyasiga hali ikki hafta vaqt borligida, AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp öziga tegişli Truth Social ijtimoiy tarmoğida, özining fikriça, köplab kanadaliklar ularning mamlakati Amerikaning 51-ştati bölişini istaşi haqida yozdi. «Qöşma Ştatlar endi Kanada barqaror turişi uçun kerak bölgan ulkan savdo defitsitlari va subsidiyalarga toqat qilmaydi. Jastin Tryudo buni angladi va iste’foga çiqdi», — deya yozgan u.
Trampning bu posti kanadaliklar boş vaziri öz lavozimini tark etişini ma’lum qilişi ortidan paydo böldi.
Şundan keyin u Floridadagi matbuot anjumanida ham Kanada mavzusida gapirdi.
«Kanada va AQŞ — haqiqatan ham bundan nimadir çiqardi. Siz bu sun’iy çizilgan çegaradan xalos bölasiz va bu qanday körinişini kuzatasiz. Bu milliy xavfsizlik uçun ham ança yaxşi bölardi. Unutmang, biz amalda Kanadani himoya qilamiz. Lekin muammo mana şunda. U yerda döstlarim juda köp, Kanada xalqini yaxşi köraman, ular ajoyib odamlar. Lekin biz ularni himoya qiliş uçun yiliga yuzlab milliardlab mablağ sarflaymiz. Biz Kanadaga ğamxörlik qiliş uçun yiliga yuzlab milliard sarflaymiz. Savdo defitsiti tufayli biz yöqotyapmiz… Ular [AQŞ] ştatiga aylanişi kerak».
Tramp Kanadaga qarşi harbiy kuç işlatişga tayyormi, degan savolga şunday javob berdi: «Yöq, iqtisodiy kuç».
Tramp Kanadadan kiradigan mahsulotlar uçun 25 foizlik tariflar joriy qilmoqçiligi va davlat rahbari lavozimiga kirişgan ilk kunidayoq şunday farmonini imzolaşini bildirgan.
8 yanvar kuni Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Kanada AQŞ tarkibida aks ettirilgan ikkita xaritani e’lon qildi.
Mavzuga oid
Hozirça Kanada boş vaziri bölib turgan Tryudo Kanada AQŞning bir qismiga aylanişi imkoniyati «dözaxda qor yoğişi» imkoniyati bilan tengligi (originali: not a snowball's chance in hell)ni aytib, ikki mamlakat avvaldan savdo hamda özaro xavfsizlikni ta’minlaş sohasida eng katta hamkorlar hisoblanişini qöşimça qilgan.
Kanada TIV rahbari Melani Joli X ijtimoiy tarmoğida Tramp «Kanadani nima kuçli davlat qilişi haqida tuşunçaga ega emasligi»ni namoyiş etgani haqida yozdi.
«Bizning iqtisodiyotimiz kuçli. Odamlarimiz kuçli. Biz heç qaçon tahdid qarşisida çekinmaymiz», — degan u.
Tryudoning posti ostida eng keskin javobni Trampning yaqin ittifoqçisi, uning yangi ma’muriyatida hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimini egallaydigan Ilon Mask qoldirgan. «Qizça, sen endi Kanada gubernatori emassan, şuning uçun nima deyişingning ahamiyati yöq», — deya yozgan u. Avvalroq Tramp ham Tryudoni Kanada «gubernatori» deb atagandi, bu lavozim AQŞda ştat rahbarini ifodalaş uçun qöllanadi.
Daniya: Grenlandiya «sotilmaydi»
Trampning yana bir hududiy da’vosi — dunyodagi eng yirik orol Grenlandiya Daniya tarkibidagi avtonomiya hisoblanadi. Rojdestvo arafasida Tramp Grenlandiya ustidan egalik qiliş — AQŞ uçun «mutlaq zarurat»ligini aytgandi.
«Grenlandiya — bizniki. Biz sotilmaganmiz va heç qaçon sotilmaymiz. Biz ozodlik uçun uzoq davom etgan kuraşimizni boy bermasligimiz lozim», — deya unga javob qaytargandi Grenlandiya boş vaziri Mute Egede.
Grenlandiya avtonomiyasini öz tarkibiga oluvçi Daniya Trampning bayonotidan keyin orol mudofaasi xarajatlarini sezilarli darajada oşirgandi.
Daniya boş vaziri Mette Frederiksen 8 yanvar kuni AQŞ Daniyaning avtonom hududi bölgan Grenlandiya ustidan nazorat örnatiş uçun harbiy yoki iqtisodiy kuç işlatişi mumkinligiga şubha bildirdi.
«Biz şu darajagaça yetib boramiz, deb öylaş mening tasavvurimga siğmaydi», — dedi u Daniyaning TV 2 telekanaliga bergan intervsida.
Daniya hukumati rahbari AQŞ bilan savdo uruşini xohlamasligini ta’kidladi. «Menimça, biz bir-birimiz bilan muloqot qilişda davom etişimiz va buni töğri bajarişimiz kerak», — dedi u.
AQŞning Grenlandiyaga qiziqişi ortib borayotgani yaxşi, lekin bu orol aholisini hurmat qiliş bilan amalga oşirilişi kerak, deya qöşimça qilgan u.
Daniya qiroli Frederik özining yangi yil tabrigida Daniya qirolligi «Grenlandiyagaça» birlaşgan ekanini aytgan va şunday qöşimça qilgandi: «Biz birga bölişimiz taqdirga yozilgan».
Bundan taşqari, 6 yanvar kuni u qirollik gerbini Grenlandiya va Farer orollarining geraldik ramzlari — ayiq va qöçqorni — yirikroq va körinarli qilib özgartirişga buyruq berdi.
Trampning bayonoti fonida uning öğli, kiçik Donald Tramp Grenlandiyaga taşrif buyurdi. 7 yanvar kuni u otasining şaxsiy samolyotida Grenlandiya poytaxti Nuuk şahriga uçib keldi. Kiçik Tramp uning safari şaxsiy xarakterda ekani va avtonomiya rasmiylari bilan uçraşmoqçi emasligini aytdi.
Ammo şu kuni uning otasi AQŞ Grenlandiya va Panama kanali ustidan nazoratni qölga kiritişi istagini yana bir bor bayon qilib, bunda harbiy yöldan foydalanişi mumkinligini ham istisno etmadi.
«Men faqat bir gap aytişim mumkin: bizga ular iqtisodiy xavfsizlik uçun kerak, — dedi katta Tramp Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida ötkazilgan matbuot anjumanida. — Men [harbiy yoki iqtisodiy harakatlar qilmaslik] majburiyatini zimmamga ololmayman. Nimadir qilişga töğri kelib qolişi ham mumkin».
Trampning yangi tahdidlariga Daniyadan taşqaridagi siyosatçilar ham munosabat bildirmoqda. Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro AQŞ Grenlandiyaga bostirib kirişiga işonmasligi, ammo Yevroittifoqdagilardan heç kim özini bu taxlit qörqitişga yöl qöymasligini aytdi.
«Yevropa ittifoqi öz suveren çegaralariga kimdir hujum qilişiga yöl qöymasligi aniq — buni qaysi davlat qilmoqçi ekanidan qat’i nazar, — degan Barro fransuzlarning Inter radiosi efirida. — Bu mutlaqo ayon va zarraça şubha tuğilmasligi lozim».
«Agar savolni boşqaça qöyadigan bölsak — aytaylik, „Biz faqat eng kuçli va moslaşuvçanlar omon qolişi mumkin bölgan davrga qaytdikmi?“ — u holda men şunday deyman: „Ha, qaytdik“».
Yevroittifoq taşqi diplomatiya boşqarmasi vakili Anita Hipper Bryusseldagi brifingda jurnalistning Tramp haqidagi savoliga javoban Yevroittifoq mamlakatlari suverenitetini hurmat qiliş muhimligini ta’kidladi.
«Bu diplomatik qadriyatlardan biri va biz öz faoliyatimizda doimo tayanadigan asosiy tamoyil», — deya eslatib ötgan Hipper.
Bu Tramp Grenlandiyaga ega çiqiş niyati haqida ilk bor gapirişi emas. Bunga qadar u 2019 yilda ham orolni sotib oliş taklifi bilan çiqqandi. Grenlandiyaning öşa vaqtdagi boş vaziri Kim Kilsen ham Grenlandiya «sotilmasligi»ni aytgan, Daniya boş vaziri Mette Frederiksen Trampning taklifini «absurd» deb atagandi. Bunga javoban AQŞ prezidenti uni «razil» deb atagan va Kopenhagenga taşrifini bekor qilgandi.
Grenlandiya Şimoliy Amerikadan Yevropaga eng yaqin yölda joylaşgan, bu uni AQŞ uçun strategik ahamiyatli qiladi. Şuningdek, bu yerda neft va boşqa foydali qazilmalarning yirik zaxiralari hamda Amerikaning «Paytufik» nomli yirik kosmik markazi joylaşgan.
Qöşma Ştatlar Grenlandiyani sotib olişi böyiça taklif ham yangilik emas. Bu ğoya birinçi bölim mamlakatning 17-prezidenti Endryu Jonson tomonidan 1860-yillarda bildirilgandi.
Panama: «Kanalning har bir metri Panamaga tegişli»
Trampning uçinçi hududiy da’vosi — dunyodagi eng muhim suv arteriyalaridan biri, Tinç okeanidagi Panama böğozini Atlantika okeanidagi Karib dengizi bilan boğlovçi Panama kanali ustidan nazorat örnatiş bilan boğliqdir. 1999 yilga qadar uni AQŞ nazorat qilgan, ammo hozirda Panama davlatiga tegişli hisoblanadi.
21 dekabr kuni Tramp Panamani kanaldan foydalanganlik uçun «bema’ni» darajada yuqori tariflar joriy etişda aybladi va uni AQŞ nazoratiga qaytariş bilan tahdid qildi. Uning sözlariga köra, kanal Amerika iqtisodiyoti va milliy xavfsizligi uçun öta muhim rol öynaydi va u «notöğri qöllarga tuşib qolmasligi kerak». Keyinroq Tramp bunda Xitoyni nazarda tutganini bildirdi.
Bunga javoban Panama prezidenti Xose Raul Mulino «Panama kanalining har bir kvadrat metri Panamaga tegişli ekani va bundan keyin ham şunday bölib qolajagi»ni bildirdi. U kanal bevosita ham, bilvosita ham Xitoy tomonidan nazorat qilinmasligini aytib, Panama va AQŞning yangi ma’muriyati örtasida yaxşi va özaro hurmatga asoslangan munosabatlar bölişiga umid bildirdi.
Tramp esa bu bilan töxtamadi: köp ötmay u ijtimoiy tarmoqqa AQŞning sun’iy intellekt orqali çizilgan bayroği suratini joylab, quyidagi yozuvni ilova qildi: «Xuş kelibsiz Qöşma Ştatlar kanaliga».
7 yanvar kuni esa Tramp göyoki kanal taqdirini Panama rasmiylari bilan muhokama qilayotganini aytdi. Mamlakat taşqi işlar vazirligi bunga javoban Panama hukumati AQŞning yangi ma’muriyati bilan heç qanday aloqada emasligini bildirdi. Respublika taşqi işlar vaziri Xaviyer Martines-Aça Vaskes kanal suvereniteti muhokama qilinmasligi va «mamlakat kuraşi tarixining bir qismi» ekanini ta’kidladi.
Tramp Floridadagi matbuot anjumanida Panama haqida ham töxtaldi.
«Panama kanali — şarmandalik. Panama kanaliga nima böldi? [AQŞ sobiq prezidenti] Jimmi Karter uni ularga 1 dollarga berdi. Dahşatli qaror. Bu mamlakatimiz tarixida qurilgan eng qimmatbaho inşoot edi… Biz uni 1 dollarga berdik, lekin bitim şundan iborat ediki, ular biz bilan adolatli munosabatda bölişi kerak edi. Ular biz bilan adolatsiz munosabatda bölişmoqda. Ular boşqa mamlakatlarning kemalariga qaraganda bizning kemalarimizdan köproq haq oladi. Ular bizni ahmoq deb hisoblaşgani uçun ustimizdan kulişyapti, lekin biz ortiq ahmoq emasmiz.
Panama kanali mamlakatimiz uçun juda muhimdir. Uni Xitoy boşqaradi. Xitoy. Biz Panama kanalini Xitoyga bermadik, balki Panamaga berdik. Va ular buni suiiste’mol qildi. Ular bu sovğani suiiste’mol qildi. Darvoqe, uni sovğa qiliş umuman yaramaydi. Mening fikrimça, Panama kanalini berişgani uçun Jimmi Karter saylovda yutqazgan».
Tramp: Ukraina NATOga qöşilmasligi «toşga öyilgandi»
AQŞning hududiy da’volaridan taşqari, Tramp Ukrainadagi uruş mavzusida ham gapirgan. U Rossiyaning Ukraina NATOga qöşilişi borasidagi tuyğularini tuşunişini aytdi.
«Köp yillar oldin Rossiya, Putindan ança oldin, NATO heç qaçon Ukraina işlariga aralaşolmaydi, deb aytgan edi. Ular buni aytişgan. Bu xuddi toşga öyib yozilgandek edi. Qaysidir pallada Bayden Kiyev blokka qöşiliş imkoniyatiga ega bölişi kerakligini aytdi. [NATOdan] kimdir Rossiyaning ostonasida turarkan, men ularning bu böyiça his-tuyğularini tuşuna olaman», — dedi Tramp. Uning fikriça, agar u prezident bölganida, uruş ham boşlanmasdi.
U inauguratsiyadan keyin Vladimir Putin bilan uçraşiş niyatida ekani va sulhga yarim yilda yoki undan ham kamroq vaqt içida erişiş mumkinligini aytdi. Uruşning 24 soat içida yakunlaş töğrisidagi va’dasini esa yodga olmadi.
Ukraina rasmiy şaxslari hozirça bu bayonotga munosabat bildirmadi.