Ov qilişga moratoriy, AI-80 benzin, mazut va polietilen paketlarga taqiq, Özbekistonda soyali sayr köçalari tarmoği va joriy etiladigan yangi elektron retsept tizimi — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

AI-80 benzin, mazut va polietilen paket taqiqlanişi mumkin

2025 yilgi davlat dasturi loyihasi muhokama uçun taqdim etildi. Unda Yevro-4 standartidan past ekologik toifadagi yoqilğidan foydalaniş va sotişni çeklaş taklif qilingan. Şunday qilib, past sifatli Ai-80 benzinining sotuvi çeklanişi mumkin.

Şuningdek, issiqlik markazlari va elektr stansiyalarida mazutdan yoqilği sifatida foydalanişni taqiqlaş ham taklif etilgan. Faqat hukumat bilan kelişilgan holda, avariyaviy holatlarda mazutdan foydalaniş istisno sifatida belgilanişi mumkin.

2027 yildan Özbekistonda polietilen paketlarni işlab çiqariş, olib kiriş va ulardan foydalanişni töliq taqiqlaş ham taklif etilmoqda.

Loyihada bir martalik plastik mahsulotlarning örniga ekologik jihatdan zararsiz (bioparçalanuvçi) paketlardan foydalanişni rağbatlantiriş nazarda tutilgan.

Şuningdek, plastik mahsulotlarda zararli kimyoviy moddalardan foydalanişni çeklaş va qayta işlangan plastikdan foydalaniş me’yorlarini belgilaş rejalaştirilmoqda. Jumladan, 2025 yil 1 noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot işlab çiqaruvçi hamda import qiluvçilarga «taralarni qaytariş», uşbu turdagi çiqindilarni qabul qiluvçi maxsus joylar va uskunalarni örnatiş orqali yiğib oliş va utilizatsiya qiliş yoki utilizatsiya yiğimini tölaş böyiça kengaytirilgan majburiyatni joriy qiliş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilişi nazarda tutilmoqda.

2028 yilgaça ov qilişga moratoriy

Mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qiliş maqsadida ov qilişga çeklovlar joriy etiladi. Prezident farmoni loyihasiga köra, 2025 yil 1 sentabrdan 2028 yil 1 yanvargaça yovvoyi hayvonlarni ovlaşga moratoriy joriy qilinişi rejalaştirilgan.

Moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar va baliqçilik xöjaliklarida saqlanayotgan hayvonlarga tatbiq etilmaydi.

Sanitar maqsadlarda amalga oşiriladigan ov qilişga çeklov qöyilmaydi.

Şuningdek, 2025 yil 1 sentabrdan yovvoyi ösimliklarni yiğiş va tayyorlaş uçun ruxsatnomalar elektron auksion orqali beriladi.

2025 yildan boşlab, respublika markaziy şaharlaridagi daryo va soylarda har yili 15 tonnadan kam bölmagan çavoqlantiriş işlari amalga oşiriladi. Bu çoralar tabiiy suv havzalaridagi baliqlar populyatsiyasini qayta tiklaşga qaratilgan.

Özbekistonda soyali sayr köçalari tarmoği yaratiladi

Prezident farmoni loyihasiga köra, Özbekistonda atrof-muhitni muhofaza qiliş va ekologik muhitni yaxşilaş maqsadida bir qator yangi taşabbuslar amalga oşiriladi.

2025 yilda rejalaştirilgan işlar sirasiga jumladan, «Soyali sayr köçalari» tarmoğini yaratiş ham kiritilgan. Piyoda va velosiped yölaklarida daraxtlar ekilib, aholi uçun qulay muhit ta’minlanadi.

Şuningdek, sohil va daryo böylarida 80 ta infratuzilma obekti va 110 km soğlomlaştiriş yölaklari quriladi.

«Yaşil makon» va «Mening boğim» loyihalari doirasida 200 mln tup daraxt va butalar ekiladi. Yaşil boğ va parklarda quyoş panellari yordamida quvvatlanadigan yoritgiçlar örnatiladi.

Orol dengizi tubida 100 ming gektar yaşil maydon barpo etiladi, Orolböyi örmonzorlari 2,1 mln gektarga yetkaziladi.

«Yaşil texnikumlar» taşkil etiladi

Özbekistonda ta’lim va inson salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan yangi taşabbuslar amalga oşiriladi.

Prezident farmoni loyihasiga köra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti yetakçi ta’lim muassasasi sifatida belgilanadi va u ekologiya, iqlim özgarişi hamda sirkulyar iqtisodiyot böyiça kadrlar tayyorlaydi.

Qoraqalpoğiston va boşqa hududlarda «yaşil texnikumlar» taşkil etiladi.

Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika va iqtisodiyot yönalişlaridagi oliy ta’lim muassasalariga «Atrof-muhitni muhofaza qiliş va yaşil rivojlaniş» fanlari joriy etiladi.

Davlat buyurtmasi böyiça grant örinlari 25 mingtagaça köpaytiriladi. Kambağal oilalarning 3,5 ming farzandlari oliy ta’lim muassasalariga grant asosida qabul qilinadi.

2025 yilga qadar oziq-ovqat xavfsizligi va jismoniy salomatlikni tarğib qiliş maqsadida milliy dasturlar işlab çiqiladi.

Özbekistonda elektron retsept tizimi joriy etiladi

Prezidentning «Özbekiston–2030» strategiyasi doirasida tibbiyot sohasida yangi tartiblarni joriy etişni nazarda tutuvçi davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamasiga taqdim etildi.

Bu loyiha tibbiyot xodimlari faoliyati va dori-darmonlar ta’minoti böyiça yangi mexanizmlarni qamrab oladi.

2025 yil 1 iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat röyxatidan ötkaziş tizimi joriy etiladi. Bu maqsadda Soğliqni saqlaş vazirligi bosqiçma-bosqiç mexanizmlarning belgilagan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlaydi.

Şuningdek, 2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy suğurta mexanizmlari amal qiladigan hududlarda «elektron retsept» tizimi yölga qöyiladi. Uşbu tizim orqali retsept asosida beriladigan dori vositalari elektron şaklda tayinlanadi.

Yangi tizimlar tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaş va dori vositalari ustidan nazoratni kuçaytirişga qaratilgan. Ular orqali bemorlarga qulayliklar yaratiş va tibbiyot sohasini raqamlaştiriş kutilmoqda.