Tesla, SpaceX va X kompaniyalari egasi Ilon Mask ittifoqçilari bilan Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerni 2029 yilda ötkaziladigan saylovlarga qadar lavozimidan çetlaştirişni muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, Mask X ijtimoiy tarmoğidagi «tajovuzkorona postlaridan taşqari», ittifoqçilari bilan Buyuk Britaniyadagi leyboristlar hukumatini beqarorlaştiriş masalasini muhokama qilmoqda. «Uning hisoblaşiça, Ğarb sivilizatsiyasi xavf ostida», — deydi naşr suhbatdoşlaridan biri.

Mask Starmerni lavozimidan çetlaştiriş uçun Buyuk Britaniyadagi muqobil siyosiy harakatlar, xususan, Nayjyel Farajning öng qanot populistik partiyasi yordam bera olişi mumkinligini örgangan. Naşrning qayd etişiça, Mask, şuningdek, partiya yetakçiligi uçun Faraj örniga boşqa nomzod qidirmoqda.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralaşişda ayblagan edi. «10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, şu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralaşişini kim ham tasavvur qilgandi», — degan Fransiya prezidenti. Öz navbatida Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro Yevropa komissiyasini amerikalik tadbirkor Ilon Maskka nisbatan qattiqroq çora körişga çaqirdi.

Şuningdek, Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore ham Maskning siyosatga aralaşuvidan xavotirda ekanini bildirgan.