Kaliforniya ştatining Los-Anjyeles okrugida davom etayotgan örmon yonğinlari tufayli kamida beş kişi halok bölgan. Bu haqda Los-Anjyeles öt öçiriş xizmati boşliği Entoni Marronga asoslanib ABC News 9 yanvar kuni xabar bergan.
Öt öçiriş xizmati baholariga köra, Pasifik-Paliseydsning özida (Hollivudning maşhur şaxslaridan köpçiligining uylari joylaşgan nufuzli hudud) mingdan ortiq bino yonib ketgan. Iton-Kanyonda ham taxminan şunça uy vayron bölgan yoki jiddiy şikastlangan. Qurbonlarning barçasi mazkur hududdan topilgan.
Los Angeles Times xabariga köra, 8 yanvar kuni yonğin Hollivudning maşhur belgisi joylaşgan tepalikka yetib kelgan. Olov Hollivud bulvari va «Şon-şaraf xiyoboni» yaqinida ham tarqalgan, deb xabar bermoqda Hollywood Reporter. Mahalliy aholi vakillaridan biri hududdagi vaziyatni «xaotik» deb atagan. «Yöllar öt öçiruvçilar va politsiyaçilar avtomobillari, şuningdek, ketişga urinayotgan kişilarning maşinalari bilan tölgan», — degan u CNN muxbiriga.
ABC News yozişiça, Los-Anjyelesda örmon yonğinlarining oltita öçoği aniqlangan va şundan faqat bittasida vaziyat nazoratga olingan. CNN xabarida beşta yonğin öçoği haqida gap boradi, bittasi faqat 40 foizga lokallaştirilgan. Jami 130 ming kişi yaşaydigan hududlarda evakuatsiya amalga oşiriş buyruği berilgan, ön minglab kişilar allaqaçon xavfsiz joylarga köçirilgan yoki uylarini mustaqil ravişda tark etgan.
Kuçli şamol va quruq ob-havo yonğinga qarşi kuraşişni qiyinlaştirmoqda. Barça yonğinlarning jami maydoni 100 kilometr kvadratdan oşadi.

Scott Mc Kiernan / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Agustin Paullier / AFP / Scanpix / LETA

Eugene Garcia / AP / Scanpix / LETA
Malibuda yonğin oqibatida amerikalik aktrisa Peris Hiltonning uyi yonib ketgan. «Oilam bilan ötirib, yangiliklarda Malibudagi uyimiz tag-tubi bilan yonib ketganini jonli kuzatdik — bu men heç kimga ravo körmaydigan hodisa», — degan aktrisa instagramdagi sahifasida.













