Isroil va HAMAS örtasidagi muzokaralarda vositaçilar Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş kelişuvining yakuniy loyihasini tomonlarga topşirdi. Bu haqda muzokaralardan xabardor rasmiyga tayanib Reuters xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 13 yanvarga ötar keçasi vositaçilar – AQŞ, Qatar va Misr orqali bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralarda «yutuqqa» erişilgan. Agentlik manbasining aytişiça, Qatar vakili tomonlarga öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuv matnini topşirgan.

Muzokaralarda AQŞ amaldagi prezidenti Jo Bayden va AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning elçilari, Isroil razvedka xizmatlari «Mossad» va «Şin Bet» rahbarlari, şuningdek, Qatar boş vaziri Muhammad bin Abdurahmon as-Soniy iştirok etgan.

«Keyingi 24 soat kelişuvga erişiş uçun juda muhim böladi», dedi manba.

Isroilning yuqori martabali mulozimlaridan biri agar HAMAS taklifga javob bersa, kelişuv bir neça kun içida tuzilişi mumkinligini aytdi. Muzokaralarga yaqin bölgan Falastin rasmiysi Dohadan olingan ma’lumotlar «juda istiqbolli» degan.

HAMAS muzokaralarda muvaffaqiyatga erişilganini tasdiqladi, deb yozdi Times of Israel.

Taxminlarga köra, tomonlar kelişuvni AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kuni – 20 yanvargaça tuzmoqçi. Avvalroq, u agar isroillik garovga olinganlar lavozimga kirişgunga qadar ozod etilmasa, HAMAS «jiddiy qasosga» yöliqişini va’da qilgan edi.

Reuters agentligining qayd etişiça, har ikki tomon öt oçişni töxtatiş, garovga olinganlar va asirlarni almaşişga rozi. Biroq, HAMAS kelişuv Isroilning Ğazodan çiqib ketişiga olib kelişi kerakligini ta’kidlayapti. Öz navbatida Isroil HAMAS yöq qilinmagunça uruşni töxtatmasligini aytgan.