AQŞ Kongressi Vakillar palatasining respublikaçi a’zolari öz partiyadoşi, saylangan prezident Donald Trampga Grenlandiyani sotib oliş böyiça muzokaralarni boşlaş imkonini beruvçi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hozir respublikaçilar loyihani zarur qöllab-quvvatlovçilar bilan ta’minlaş çoralarini körmoqda. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, Tramp Daniya bilan muzokaralarni 20 yanvar kuni, ya’ni AQŞ prezidenti lavozimiga kirişganida boşlaşi mumkin.

Agar AQŞ Grenlandiyani sotib oliş böyiça Daniya bilan kelişuvga erişsa, Tramp 5 kun içida kelişuvni, şu jumladan barça ilova materiallarini Kongress qömitalari muhokamasiga taqdim etişi kerak.

Grenlandiya dunyodagi eng katta orol bölib, Şimoliy Amerikaning şimoli-şarqida joylaşgan va avtonom hudud sifatida Daniya tarkibiga kiradi. XIX asrdan beri Qöşma Ştatlar hukumati orolni qölga kiritiş masalasini bir neça bor kötargan.

Tramp Grenlandiyani qölga kiritiş istagini 2019 yilda prezident sifatidagi birinçi muddatida bildirgan edi. 2024 yilgi prezidentlik saylovida ğalaba qozongaç, yana şu ğoyaga qaytdi. Unga köra, şu yöl bilan AQŞ özining milliy xavfsizligini kafolatlaydi.

Grenlandiya boş vaziri Mute Egede bir neça bor orol mustaqilligini qöllab-quvvatlagan va orol «sotilmaydi» degan. Daniya boş vaziri Mette Frederiksen qirollik yaxlitligini saqlab qoliş istagini bildirdi, biroq orolning mustaqillikka intilişini «qonuniy va tuşunarli» deb atadi.