15 yanvar, çorşanba kuni axborot agentliklarining xabar berişiça, Janubiy Koreya hukumati hokimiyatdan çetlatilgan prezident Yun Sok Yolni şaxsiy qöriqçilari qarşilik körsatişiga qaramay, öz qarorgohida hibsga oldi. Yunning özi hibsga olinganidan söng «qonun ustuvorligi butunlay barbod bölganini» aytdi, deb xabar beradi AP agentligi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, hibsga oliş maqsadida Yun sönggi bir neça hafta davomida qolayotgan villaga 3000 dan ortiq politsiyaçi yuborilgan. Yunning qarorgohi yonida uning yuzlab tarafdorlari va partiyadoşlari ham töplanişgan.
Avvalroq Yunni hibsga olişga uriniş 3 yanvar kuni amalga oşirilgan, biroq prezident qöriqçilarining qarşiliklari tufayli u muvaffaqiyatsizlikka uçragan.
Advokatlar: Prezident Yun söroq qilinadi
Janubiy Koreya prezidentining advokatlari Yun Sok Yol 15 yanvar kuni Korrupsiya böyiça boş tergov boşqarmasi (CIO) tergovçilari tomonidan söroq qilinişini aytişdi. Yunning özi ham «qon tökilmasligi» uçun söroqqa borişga rozi bölganini qöşimça qildi. Şu bilan birga, prezident öziga nisbatan olib borilayotgan tergovni noqonuniy deb atadi.
Öz navbatida, mamlakatning eng yirik muxolifat kuçi – "Toburo" demokratik partiyasi Yunning hibsga olinişini «demokratiya va qonun ustuvorligini tiklaş yölidagi birinçi qadam» deb atadi, deya yozadi Yonhap.
Sud birinçi marta amaldagi prezidentni hibsga oliş uçun order berdi
Seulning Ğarbiy okrug sudi 31 dekabr kuni Yun Sok Yolni hibsga oliş töğrisida CIO orderini çiqardi. Bu hokimiyatdan ağdarilgan prezident qözğolonga boşçilik qiliş va hokimiyatni suiiste’mol qilişda ayblanib, gumonlanuvçi sifatida uç marta söroqqa kelmaganidan keyin sodir böldi.
Bu Janubiy Koreya tarixida birinçi marta amaldagi davlat rahbarini hibsga oliş uçun order çiqarilgan holat. Şuningdek, tintuv uçun order berildi, deb xabar qildi Yonhap.
Yun harbiy holat joriy etişga uringani uçun hokimiyatdan çetlatildi
Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan çetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarşi kuraşiş maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab böldi. Yunning qarori jamoatçilikning noroziligiga sabab böldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qilişga muvaffaq böldi.









