Qozoğistonning Oqmöla viloyati politsiya departamenti Stepnogorsk şahrida Özbekiston Respublikasi Navoiy viloyati IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan şaxs qölga olinganini ma’lum qildi.
«Tezkor xodimlarning ma’lumotlariga köra, uşbu şaxs 2014 yildan beri Qozoğiston hududida yaşirinib kelgan, şu bilan birga, heç qayerda rasman işlamagan», — deyiladi idora xabarida.
Uşbu şaxs Stepnogorskda oila qurgan va ötgan yillar davomida turli işlar bilan şuğullanib kelgan. Hozirça politsiya zarur barça tergov tadbirlarini ötkazmoqda, qölga olingan fuqaro vaqtinça saqlaş izolyatoriga joylaştirilgan.
«Uşbu şaxsni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş masalasi körib çiqilmoqda, çunki u qöşni mamlakat fuqarosi hisoblanadi», — deya qöşimça qiladi idora.
Eslatib ötamiz, 2024 yil dekabrda Rossiya Qozoğistonda 7 million dollarlik firibgarlik işida ayblanayotgan Özbekiston fuqarosini ekstraditsiya qilgandi. Gumonlanuvçi 2005-2007 yillarda Olmaota quriliş kompaniyasida buxgalter bölib işlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Şerigi qölga olinganidan keyin u mamlakatdan qoçib ketgan.








