AQŞ prezidenti Jo Bayden Afğonistondagi iqtisodiy inqirozning oldini oliş maqsadida mamlakatdagi favqulodda holat muddatini uzaytirdi. Maqom Afğonistonning muzlatilgan 7 milliard dollarlik aktivlarini Şveytsariyadagi trast fondiga ötkaziş töğrisidagi farmoyişga asoslanadi, deb xabar berdi TOLOnews.
Oq uy Afğonistondagi gumanitar inqiroz va iqtisodiy inqiroz xavfi tufayli buyruq 2025 yil 11 fevraldan keyin ham kuçda qolişini ma’lum qildi.
Oq uy bayonotida şunday deyiladi: «Afğonistondagi keng tarqalgan gumanitar inqiroz, jumladan, afğon xalqining oziq-ovqat xavfsizligi, yaşaş vositalari, suv, sanitariya, soğliqni saqlaş, gigiyena, boşpana va köçirişga bölgan şoşilinç ehtiyojlari va boşqa asosiy inson ehtiyojlari va Afğonistondagi ehtimoliy iqtisodiy inqirozning çuqurlaşişi xavfi AQŞ milliy xavfsizligi va taşqi siyosatiga noodatiy va favqulodda tahdid solişida davom etmoqda».
«Baydenning bayonoti asosan Afğonistonda favqulodda holat davom etayotganini tasdiqlaydi. Bu şuni anglatadiki, afğon aktivlari AQŞ nazorati ostida qoladi», dedi iqtisodiy tahlilçi Sayid Mas’ud.
Avvalroq, Afğoniston Iqtisodiyot vazirligi xalqaro hamjamiyatni muzlatilgan barça aktivlarni blokdan çiqariş va Afğoniston Markaziy bankiga qaytarişga çaqirgan edi.
Eslatib ötamiz, «Tolibon» harakati 2021 yil 15 avgustda hokimiyat tepasiga kelganidan söng, AQŞ Afğonistonning qariyb 7 milliard dollarlik, Yevropa davlatlari esa 2 milliard dollardan ortiq mablağni muzlatib qöygan.








