17 yanvar kuni AQŞ Oliy sudi TikTok qisqa videolar platformasini ByteDance kompaniyasi tomonidan sotilişi yoki milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan AQŞ hududida taqiqlanişini talab qiladigan qonunni kuçda qoldirdi. Bu amerikaliklarning deyarli yarmi foydalanadigan platformaga katta zarba, deb xabar berdi Reuters.

Sudyalar ötgan yili Kongressda ikki partiyaning katta köpçilik ovozi bilan qabul qilingan va prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan qonun söz erkinligini himoya qiluvçi AQŞ Konstitutsiyasining Birinçi tuzatişini buzmaydi, degan qarorga keldi.

TikTok Qöşma Ştatlardagi eng maşhur ijtimoiy media platformalaridan biri bölib, undan 270 millionga yaqin amerikaliklar foydalanadi, bu mamlakat aholisining qariyb yarmi.

Iş böyiça bahslar davomida Adliya vazirligi advokati Elizabet Prelogar sözlariga köra, Xitoy hukumatining TikTok ustidan nazorati AQŞ milliy xavfsizligiga «jiddiy tahdid» tuğdiradi, çunki Xitoy amerikaliklar haqida juda köp miqdordagi nozik ma’lumotlarni töplaşga va yaşirin ta’sir ötkazişga intiladi. Prelogarning ta’kidlaşiça, Xitoy ByteDance kabi kompaniyalarni ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari haqidagi ma’lumotlarni yaşirin ravişda topşirişga va Xitoy hukumati körsatmalariga rioya qilişga majburlamoqda. Xitoy hukumati bu da’volarni rad qilib kelyapti.

2024 yil dekabr oyida AQŞ saylangan prezidenti Donald Tramp Oliy suddan özining yangi ma’muriyatiga «uşbu iş böyiça muammolarni siyosiy hal etiş imkoniyatini» beriş uçun qonunni bekor qilişni söragan edi. Ammo Tramp TikTok platformasini «qutqariş»ga va’da bergan bölsa-da, uning köplab respublikaçi ittifoqçilari taqiqni qöllab-quvvatladi.

Endi TikTok 19 yanvar kuni AQŞ hududidagi ilovasini öçirib qöyişni rejalaştirmoqda, bu kompaniyaga berilgan sönggi muhlat sanasi edi.