2024 yil 28 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Özbekiston fuqarolariga Angliyaga mavsumiy iş örinlari uçun röyxatdan ötiş kunlarini ma’lum qildi. Unga köra, agentlikning xorijdaish.uz portali orqali 2025 yil 10 yanvar soat 15:00 dan 19:00 gaça (Toşkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning HOPS rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qişloq xöjaligi işlari uçun onlayn röyxatdan ötiş oçildi.
Agentlik şu bilan birga tanlov röyxatdan ötiş bosqiçlari, bu röyxatdan ötiş — keyingi bosqiçlarida iştirok etişni kafolatlamasligi haqida yozib bordi. Ma’lum qilinişiça, tanlov qarorlari töliq HOPS tomonidan qabul qilinadi va bepul amalga oşiriladi. Migratsiya agentligi esa tanlangan fuqarolarning Buyuk Britaniyaga jönab ketişini keyinçalik taşkil etiş bilan şuğullanadi.

10 yanvar kuni 15:00 da e’lon qilingan mavsumiy işlarga röyxatdan ötiş boşlandi. Röyxatdan ötiş boşlanganidan keyin saytda texnik uzilişlar yuzaga kelgan. Agentlikka köra, bir vaqtning özida platformadan foydalanuvçilar soni 2 milliondan ortib ketgan. Şu sababli röyxatdan ötiş 10 yanvar soat 19:00 emas, balki 21:00 gaça uzaytirildi.
Oradan ikki kun ötib, 12 yanvar kuni Migratsiya agentligi Angliyadagi mavsumiy işlarga 12 ming 331 nafar nomzod röyxatdan ötganini ma’lum qildi.

«Onlayn test sinovi HOPS operatori tomonidan 2025 yil 14-15 yanvar kunlari ötkaziladi. Test ma’lumotlari faqat röyxatdan ötgan va tanlangan fuqarolarga elektron poçta orqali yuboriladi. Elektron poçtangizni diqqat bilan tekşirişingiz kerak. Agar siz onlayn test uçun havolani olmagan bölsangiz, demak tanlanmagan hisoblanasiz!»









