Aholisi 56 ming kişini taşkil etuvçi Grenlandiyaning yalpi içki mahsuloti 3 milliard dollarni taşkil qiladi, ya’ni AQŞ bilan soliştirganda – juda kiçik iqtisodiyot. Lekin Grenlandiya hali oçilmagan katta salohiyatga ega.

Orol zamonaviy texnologiyalar va yaşil energetika uçun zarur nodir qazilma metallar va boşqa qimmatli minerallar zaxiralariga ega. Şuningdek, Grenlandiya qirğoqlari yaqinida 52 milliard barrel neft bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda, bu uning strategik ahamiyatini yanada oşiradi.

Orolning joylaşuvi ham muhim omil. AQŞ va Rossiya örtasidagi hududda joylaşgan Grenlandiya Amerikaning mudofaa qobiliyatini kuçaytirib, Arktikada kuzatuv va Grenlandiya–Islandiya–Buyuk Britaniya örtasidagi muhim dengiz yönalişini nazorat qiliş imkonini oşirişi mumkin.

Maqolada aytilişiça, agar AQŞ har bir grenlandiyalikni millionerga aylantiriş yoki şunga öxşaş boşqa biror katta taklifni bersa, bu bitim özaro manfaatli bölişi mumkin. Lekin bunday taklif Grenlandiyaning öz taqdirini özi belgilaş huquqi va resurslarni qazib oliş bilan boğliq xatarlar kabi siyosiy va amaliy savollarni keltirib çiqaradi.

Bu kelişuv amalga oşişi ehtimoli past bölsa-da, maqola mualliflari bunday strategik qarorlar tarixni qanday özgartirib yuborişini ta’kidlaşmoqda. Masalan, ötmişda Luiziana va Alyaskani sotib oliş masalalari ham avvaliga bahsli bölgan, lekin bugungi kunda ular AQŞ iqtisodiyoti va geosiyosiy mavqeini kuçaytirgan, uzoqni közlab qabul qilingan qarorlar sifatida e’tirof etiladi.