Inson huquqlari taşkilotlari Nyu-Hempşir federal sudiga AQŞ prezidenti Donald Tramp ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilişdi.

Arizada noqonuniy migrantlarning AQŞ hududida tuğilgan bolalariga fuqarolik berişni rad qiliş qarori Konstitutsiya va boşqa qonunlarga zid ekani ta’kidlangan. Ariza 20 yanvarda, Tramp prezidentlik lavozimiga kirişgan kuniyoq berilgan. Da’vo Tramp ma’muriyatini Konstitutsiya va boşqa qonunlarni buzganlikda ayblaydi.

«Tuğiliş huquqi asosida fuqarolik beriş Amerikaning eng asosiy va’dasini özida mujassam etadi: bizning zaminimizda tuğilgan barça bolalar ota-onalari kelib çiqişi, mavqei va şaroitlaridan qat’i nazar, jamiyatning tölaqonli va teng huquqli a’zolari sifatida hayotni boşlaydi. 14-tuzatişni işlab çiquvçilar Konstitutsiyada uşbu tamoyilni heç kim, hatto prezident ham Amerikada tuğilgan bolalarni fuqarolik huquqidan mahrum qila olmasligini ta’minlaş uçun maxsus belgilab qöygan. Ular buni immigrant bolalarni, şu jumladan kamsitiş va ta’qibga duçor bölganlarni himoya etişini bilgan holda qildilar», deyiladi hujjatda.

Da’voda javobgar sifatida Donald Tramp, Içki xavfsizlik vazirligi, Davlat departamenti va boşqalar bor. Endi Tramp farmoni taqdiri katta ehtimol bilan Oliy sudda hal qilinadi.

Tuğiliş huquqi asosida fuqarolik beriş - bu Qöşma Ştatlarda tuğilgan har bir bolaning ota-onasidan qat’i nazar, AQŞ fuqarosi bölişi (xorijiy diplomatlarning farzandlaridan taşqari) tamoyilidir. 14-tuzatiş 1868 yilda ratifikatsiya qilingan. 30 yil ötib, 1898 yilda Oliy sud AQŞda tuğilgan muhojirlarning farzandlari fuqarolik huquqiga ega ekanligini tasdiqladi. Şundan beri bu tamoyil heç qaçon şubha ostiga olinmagan.

20 yanvarda lavozimga kirişgan Donald Tramp bir neça önlab buyruqlarni, jumladan «Amerika fuqaroligining ahamiyati va qadrini himoya qiliş» nomli hujjatni imzoladi. Buyruqda aytilişiça, 14-tuzatiş Qöşma Ştatlarda tuğilgan, ammo «uning yurisdiksiyasiga böysunmagan» şaxslarga taalluqli emas.

Hujjatdan kelib çiqqan holda, tuğiliş orqali avtomatik ravişda fuqarolikni oliş huquqi quyidagilarga taalluqli emas:

- bolaning tuğilişi vaqtida onasi AQŞda noqonuniy bölgan va otasi mamlakat fuqarosi yoki qonuniy doimiy rezidenti bölmagan;

- onasi Qöşma Ştatlarda qonuniy, lekin vaqtinçalik (turizm, talaba yoki iş vizasi bilan) bölgan va otasi fuqaro yoki qonuniy doimiy rezident bölmagan.