Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga taşrifi davomida Islom tuşunçasi va sivilizatsiyasi xalqaro institutida muloqot taşkil etildi.
Suhbat davomida Islom tuşunçasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti direktori Abdulaziz Berghout Yangi Özbekistondagi islohotlar natijalarini yuqori baholadi.
Uşbu ilmiy muassasa Malayziyada alohida nufuzga ega institut bölib, bu yerda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tadqiqotçilar islom ilm-fani, zamonaviy diniy jarayonlar, qadimiy qölyozmalarga oid tadqiqotlarni amalga oşiradi.
Mazkur institut özining noyob arxitekturaga ega binosi bilan Kuala-Lumpur şahrida joylaşgan. U Ispaniyada joylaşgan musulmon me’morligining noyob namunasi – Algambra (al-Hamro) asosida bunyod etilgan. Bu yerda islom ilm-faniga oid minglab qölyozmalar saqlanadi. Ular orasida Beruniy asarlarining qadimiy nusxalari bor.
Institut direktori Özbekistondagi xalqaro tadqiqot markazlari bilan birgalikda davra suhbatini ötkaziş taklifini bildirdi.
Şuningdek, Berghout uşbu institut imkoniyatlaridan foydalanib, Malayziya ilmiy jamoatçiligi uçun Özbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati haqida körgazmalar, ilmiy seminarlar va taqdimotlar ötkaziş istagida ekanini ta’kidladi.








