Daniya taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen AQŞ prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani egallaş rejalari haqidagi bayonotlari orol aholisi manfaatlariga zid ekanini aytdi.
«Tramp Grenlandiyani qölga kirita olmaydi. Grenlandiya — bu Grenlandiya. Grenlandiya aholisi xalqaro huquq va BMT Nizomi bilan himoyalangan xalq», dedi Rasmussen. U orol taqdirini uning aholisi hal qilişi kerakligini ta’kidladi.
Ayni paytda Daniya boş vaziri Mette Frederiksen Parij va Berlinga taşrifidan söng Yevropa Ittifoqi Daniyani öz muxtoriyati bilan boğliq masalalarda töliq qöllab-quvvatlaşini aytdi.
Mette Frederiksen 28 yanvar kuni Germaniya kansleri Olaf Şols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşuvda «albatta, davlatlar hududi va suverenitetini hurmat qiliş zarurligini» muhokama qilganini aytdi. Politico gazetasining yozişiça, muzokaralarda Donald Tramp Grenlandiyani Qöşma Ştatlarga qöşib oliş uçun iqtisodiy bosimni qöllasa, import qilingan Amerika tovarlariga savdo tariflarini joriy etiş masalasi ham muhokama qilingan.
Donald Tramp Grenlandiyani sotib oliş AQŞ milliy va iqtisodiy xavfsizligi uçun «mutlaq zarurat» ekanini ta’kidlab kelmoqda. Uşbu fonda Grenlandiya boş vaziri Mute Egede orol aholisi AQŞ va Daniyadan mustaqil bölişni xohlayotganini ta’kidladi. Şu bilan birga, u Donald Tramp bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlarini izlayotganini ma’lum qildi.








