Janubiy Koreyaning ikkinçi yirik şahri Pusan ​​xalqaro aeroportida yölovçi samolyoti havoga kötarilişidan oldin yonib ketdi, deb xabar berdi Yonhap.

Yonğin 28 yanvar kuni keçqurun Honkongga uçişi kerak bölgan Air Busan samolyoti bortida sodir bölgan. Yonğin samolyotning dum qismidan boşlanib, keyin fyuzelajga ötgan.

Samolyot bortida 169 yölovçi va 7 nafar ekipaj a’zosi bor edi, ularning barçasi tezda evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida qurbonlar yöq. Yonğin sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

2024 yil dekabr oyida Bangkokdan uçayotgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing samolyoti Janubiy Koreyaning Muan aeroportiga qönayotganda halokatga uçradi. Layner bortida 181 kişi: 175 yölovçi va 6 ekipaj a’zosi bölgan. Halokatda faqat ikki kişi tirik qoldi.