2025 yilning 1 yanvar holatiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi soni 37 mln 543 ming nafarga yetgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Umumiy aholining 50,4 foizini erkaklar, 49,6 foizini esa ayollar taşkil qilgan.

Joriy yil 1 yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga örtaça 83,6 kişi töğri kelgan. Hududlar böyiça qaraydigan bölsak, aholi ziçligining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (6 ming 948,1 kişi), Andijon (804,9 kişi) va Farğona viloyatida (613,1 kişi), eng past körsatkiçlar Navoiy viloyati (9,9 kişi) va Qoraqalpoğiston Respublikasida (12,2 kişi) qayd etilgan.

Ötgan yilda Özbekistonda 926,4 ming nafar tuğiliş qayd etilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida 962 ming kişini taşkil etgan. Hisobot davrida tuğilişlar soni 3,7 foizga qisqargan.

Eng yuqori tuğiliş körsatkiçi Surxondaryoda, lekin tuğiliş koeffitsiyenti 30,9 promilledan 28,9 promillega tuşgan. Tuğiliş körsatkiçi eng past hudud Qoraqalpoğiston, tuğiliş koefffitsiyenti 22,1 promilledan 20,7 promillegaça sekinlaşgan.

Mamlakatda ölim holatlari ham ötgan yilga nisbatan köpaygan. 2024 yilda vafot etganlar soni 174,4 ming kişini taşkil etdi. Taqqoslaş uçun, 2023 yilda 172,8 ming kişi olamdan ötgan.

Ma’lum bölişiça, vafot etganlarning ölimiga asosan qon aylaniş tizimi kasalliklari (57,6 foiz), ösimtalar (9,4 foiz), nafas oliş organlari kasalliklari (6,3 foiz), baxtsiz hodisalar (5,8 foiz), ovqat hazm qiliş organlari (4,1 foiz) kasalliklari sabab bölgan.