Xitoydan turli rusumdagi elektromobillarni olib keliş, sotiş va quvvatlaş bilan şuğullanuvçi bir neçta MÇJ mansabdorlari 200 dollar haq evaziga yuzlab odamlarning nomiga kredit çiqarib, milliardlab summani özlaştirgan. Yetkazilgan zarar miqdori 62 mlrd sömni taşkil qilgan. Jinoyat işi doirasida 6 kişi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida köplab odamlarni ularning nomiga kredit olib, çuv tuşirgan avtosalonçilarga sud hukm öqildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Jinoyat işi doirasida 6 kişi – Zohid Toğayev, “Green-Waatt” va “Quwwatt Motors” MÇJlar ta’sisçisi Nozimjon Aslonov, “Green-Waatt” MÇJ rahbari Obidxon Törayev, “Ev Sky” MÇJ rahbari Dilşod Eşonqulov, bir neçta MÇJlar ta’sisçisi Vahobjon Muharamxöjayev, şuningdek, Şerbek Ozodbekov ayblangan. Uyuşgan guruhga Zohid Toğayev rahbarlik qilgan.
Mazkur şaxslar turli jozibali reklamalarga kuç berib, heç qayerda işlamaydigan, tayinli daromadi yöq fuqarolarni birgalikda daromad olişga qiziqtirilgan. Ya’ni fuqarolarga 100-500 AQŞ dollaridan pul berib, ularning nomiga bankdan avtomobil uçun katta miqdorda, 200-300 mln sömlik kredit çiqargan. Kreditdan çiqqan pullar sxema tepasida turganlar qöliga ötgan. Odamlar esa kredit kompaniya tomonidan tölab borilişiga, 2 oy içida Xitoydan avtomaşina olib kelinib, qayta sotilişi va tuşgan mablağ hisobiga kredit töliq yopilişiga işontirilgan.
Şu tariqa 203 kişi aldangan. Yetkazilgan umumiy zarar miqdori 62 mlrd sömni taşkil etgan.
Sud hukmi bilan Zohid Toğayev va Dilşod Eşonqulovga 9 yildan, Obidxon Törayev va Vahobjon Muharamxöjayevga 8,5 yildan, Nozimjon Aslonovga 8 yil 1 oy, Şerbek Ozodbekovga 2 yil muddatga davlat idoralarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum etgan holda 4 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Ularning barçasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari (juda köp miqdorda, uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab firibgarlik sodir etiş), 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan aybli deb topilgan.
Bundan taşqari, yetkazilgan zararni undiriş uçun Toğayev, Eşonqulov, Törayev, Aslonov hamda Muharamxöjayevdan Asia Alliance bank foydasiga 14 mlrd 448 mln söm, Ziraat Bank Uzbekistan foydasiga 957 mln söm, Turonbank foydasiga 22 mlrd 216 mln söm, Özmilliybank foydasiga 10 mlrd 413 mln söm (barça sudlanuvçilardan uşbu bank foydasiga yana 1 mlrd 429 mln söm), Ipak yöli banki foydasiga 7 mlrd 279 mln söm, Aloqabank foydasiga 2 mlrd 366 mln söm, Hamkorbank foydasiga 540 mln söm, şuningdek, bir neçta jabrlanuvçiga turli miqdordagi pul mablağlari solidar tartibda undirilişi belgilangan.











