Oq uy saytida e’lon qilingan memorandumga köra, Donald Tramp mudofaa vaziri va içki xavfsizlik vaziriga Amerikaning Guantanamo böğozidagi bazasida ön minglab migrantlarni joylaştiriş uçun migratsiya markazi yaratiş çoralarini körişga topşiriq bergan. Prezident «AQŞ hududida noqonuniy bölib turgan xorijliklar»ni saqlaş uçun joylar bilan ta’minlaşni söragan.

«Odamlarning köpçiligi bu haqda bilmaydi ham. Amerika xalqiga tahdid soluvçi eng şafqatsiz nolegal jinoyatçilarni nazorat ostida saqlaş uçun Guantanamoda 30 000 joyimiz bor. Bu imkoniyatlarimizni ikki baravar oşiradi», — degan şu kuniyoq Tramp.

Hujjatga köra, bunday joylarni kengaytiriş «çegara orqali bosqinni töxtatiş, jinoyatçi kartellarni yöq qiliş va milliy suverenitetni tiklaş» uçun zarurdir.

Migrantlar uçun Guantanamo 

Amerikaning Kuba körfazida joylaşgan Guantanamo portidagi bazasi birinçi navbatda terrorizmga qarşi kuraşiş doirasida qölga olingan şaxslar saqlanadigan harbiy qamoqxona sifatida maşhur. Bunday toifadagilar qamoqxonada heç qanday jinoiy ayblovlarsiz noma’lum muddatgaça uşlab turilişi mumkin.

Huquq faollari bir neça bor Guantanamoda qiynoqlar qöllangani haqida xabar berişgan, prezident Barak Obama öz prezidentligi davrida qamoqxonani yopişni va’da qilgan, ammo bu amalga oşmagandi. Amerika matbuoti xabarlariga köra, u yerda hozirga kelib atigi 15 mahbus qolgan.

BBC’ning Markaziy Amerika böyiça muxbiri Uill Grant eslatişiça, bu baza hududida harbiy qamoqxonadan taşqari alohida migratsiya markazi ham bor. Şu vaqtgaça bu markazda asosan AQŞ hududiga dengiz orqali noqonuniy kirişga uringanida uşlangan kişilar saqlab kelingan.

Bu AQŞda Guantanamo körfazidagi bazadan migrantlarni joylaştirişda foydalaniş imkoniyati ilk bor muhokama qilinişi emas. 2024 yilda OAV Bayden ma’muriyati u yerda Haitidan kelayotgan qoçqinlarni qabul qiliş markazi taşkil etişi mumkinligi haqida yozgandi. Foto: AFP