Samolyotdagi yölovçilar orasida figurali uçiş böyiça AQŞ çempionatidan qaytayotgan sportçilar va murabbiylar ham bölgan. BBC hodisa haqida ma’lum bölgan faktlarni keltirdi.

Nima voqea yuz berdi

Töqnaşuv mahalliy vaqt bilan 21:00 atrofida (Toşkent vaqti bilan 7:00 atrofida) sodir böldi. American Airlines brendidan foydalanadigan PSA Airlines aviakomaniyasining Bombardier CRJ700 samolyoti Kanzas ştati, Uiçita şahridan uçib kelayotganida Ronald Reygan xalqaro aeroportiga qöniş çoğida Sikorsky H-60 (Black Hawk) harbiy vertolyoti bilan töqnaşib ketdi.

Pentagonning ma’lum qilişiça, vertolyot Virjiniya ştatidagi Fort-Belvuar şahridan havoga kötarilgan. Harbiylarga köra, vertolyot öquv parvozini amalga oşirgan.

Samolyot bortida 64 kişi — 60 yölovçi va tört nafar ekipaj a’zosi bölgan. Vertolyot bortida 3 nafar amerikalik harbiy xizmatçi bölgan, dedi Vaşington meri Muriyel Bouzer.

Qutqaruv operatsiyasi halokatdan söng darhol boşlandi. Kolumbiya okrugi favqulodda vaziyatlar direktori Jon Donnelli sözlariga köra, suv juda sovuq va atrof qoronği edi.

«Şamol esmoqda. Suvda muz bölaklari bor... Yoruğlik yetişmagani sababli, har kvadrat dyuym maydonni tekşirib çiqişga töğri keladi», dedi u. «Bular [qutqaruvçilar] suvga şönğişi uçun juda qiyin şaroit», deb qöşimça qildi Donnelli.

Foto: AFP

Rasmiylarga köra, samolyot bir neça bölaklarga ajralgan va hozir 1,5-2,4 m çuqurlikda suv ostida qolgan. Halok bölganlarning jasadini suvdan çiqarib oliş jarayoni davom etmoqda.

«Biz bu halokatda omon qolganlar borligiga işonmaymiz», dedi Jon Donnelli.

Ğavvoslar hozirça samolyotning ikkita registratoridan (qora qutilar) biri bölişi taxmin qilinayotgan obektni topgan. Suvga qulagan harbiy vertolyot töntarilgan holatda, ammo jiddiy şikastlanmagani körinadi.