Kongo Demokratik Respublikasida mpox virusi (maymunçeçak) bilan kasallangan 100 dan ortiq bemor davolaş markazlaridan qoçib ketdi.
«128 nafar bemor karantin markazlaridan qoçib ketdi, ularning [markazning] ayrimlari talab ketilgan», — deyiladi mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi hisobotida.
Idora Şimoliy Kivu provinsiyasida M23 guruhi isyonçilari hujumi tufayli qator muammolar, jumladan, dori-darmon ta’minotidagi uzilişlar, suv va elektr energiyasi yetişmasligi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) bir haftda içida mpox’ga çalinganlikda gumon qilinganlar soni 2707 kişiga yetgan, jumladan, ularning 516 tasi kasallik tasdiqlangan va 38 kişi vafot etgan.
Epidemiya boşlanganidan beri KDRda 70 mingdan ortiq odamda mpox qayd etilgan va 1407 kişi virus qurboniga aylangan.
Dekabr oyida Germaniyada mpox virusi xavfli Ib varianti bilan kasallanişning bir neça holatlari aniqlangani töğrisida xabar berilgandi. Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Ryosrat şahridagi maktablardan biri ikki nafar öquvçining kasalligi tufayli karantinga yopilgan, undagi qolgan maktab öquvçilari masofaviy ta’limga ötkazilgan.
Yanvar oyida esa Ozarboyjonda birinçi marta mpox virusi bilan kasallaniş holati qayd etilgan edi. Virus turistik safar bilan çet elda bölib qaytgan 22 yoşli fuqaroda aniqlangan. U şifoxonaga yotqizilgan, oila a’zolari ham nazorat ostiga olingan.












