Sidneylik erkak uyining orqa hovlisida 102 ta zaharli ilon yaşiringan in topib oldi. Erkak sudralib yuruvçilarni tutiş bilan şuğullanadigan Reptile Relocation taşkilotini çaqirdi.

Ilonlar tökilgan barglar uyumiga in qurgan, ulardan biri uy egasining itini çaqib olmagunça heç kim ularni sezmagan. Reptile Relocation rahbari Kori Kerevaroning aytişiça, sudralib yuruvçilar şunçalik köpligidan, ularni tutiş uçun ovçilarga qöşimça yordam kerak bölgan.

Kompaniya mutaxassislari uç soat içida 102 ta qizil qorinli qora aspidni qölga oldi. Bu zaharli ilonlar faqat Avstraliyada yaşaydi. Voyaga yetgan sudralib yuruvçilarning uzunligi ikki metrga yetadi. Odatda, bu tur vakillari tajovuzkor bölmaydi va odamlardan özini olib qoçadi.

Aspidlar zahari tarkibida neyrotoksinlar, miotoksinlar va koagulyantlar mavjud. U inson uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin, ammo ölim holatlari qayd etilmagan.

Hududda tutib olingan barça ilonlar Qirollik milliy boği yaqinidagi yovvoyi tabiatga qöyib yuboriladi. Avstraliya muzeyining ilmiy bölimi ma’lum qilişiça, bu turdagi ilonlar nasl qoldiriş davrida kiçik guruhlarga töplanişi mumkin — odatda olti nafargaça.

“Ovçilar hali biror marta bitta joydan şunça köp qizil qorinli qora aspidlarni topmagan edi”, — deya ta’kidladi Kori Kerevaro.