Joriy yilning yanvarida özlaştirilgan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar köp. Şundan, tarmoq loyihalari hisobidan özlaştiriş 1,2 mlrd dollar (ösiş 7 foiz) va hududiy loyihalarda 1,8 mlrd dollar bölgan (ösiş 87 foiz). Şundan, qiymati 23 mlrd dollarlik 513 ta yangidan boşlangan loyihada moliyalaştiriş oçilgan va ular doirasida 1,1 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar özlaştirilgan. Şu bilan birga, 26 ta tuman va şaharlarda özlaştirilgan xorijiy investitsiyalar 20 mln dollardan yuqori böldi. Xususan, Karmana tumanidagi kimyo klasterida qiymati 334 mln dollarlik 3 ta loyihada amaliy işlar boşlangan. Jumladan “Zarafshon industrial technology” MÇJ XK tomonidan xitoylik investorlar bilan kaustik soda va xlor mahsulotlari işlab çiqariş loyihalarida hisobot davrida 50 mln dollar investitsiyalar özlaştirilgan. Ohangaron tumanida “Metal processing technology” (ICG) MÇJ tomonidan qiymati 20 mln dollarlik işlab çiqarişni kengaytiriş loyihasi doirasida 5 ming tonna mis quvurlari va fitinglar işlab çiqariş belgilangan. “Navoiyazot” AJ negizida qiymati 2 mlrd dollarlik kimyo texnologik klasterlar uçun energoblok va 300 MVt foto elektr stansiyasini taşkil etiş loyihalarida 22 mln dollar özlaştirilgan. Andijon tumanida “Ipak yöli” sanoat zonasida umumiy qiymati 300 mln dollardan ortiq 9 ta loyihalar joylaştirilib, xorijiy investitsiyalar özlaştiriş boşlangan.
Umumiy qiymati 3 mlrd dollarlik 3 ta loyihada, xususan Angor tumanida quvvati 1560 MVt bölgan kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini quriş, Nurobod tumanida quvvati 500 MVt bölgan quyoş foto elektr stansiyasi va Ğijduvon tumanida quvvati 600 MVt bölgan şamol elektr stansiyalarini quriş loyihalarida 100 mln dollardan ortiq investitsiyalar özlaştirilgan. Davlatobod tumanida Yangi Namangan şaharçasini quriş loyihasi doirasida qiymati 180 mln dollarlik xorijiy investorlar mablağlari hisobiga oliy ta’lim muassasasini va köp qavatli turar joy majmuasini quriş loyihalarida 15 mln dollar özlaştirilgan. Osiyo taraqqiyot banki iştirokida qiymati 152 mln dollarlik Özbekistonning ğarbiy qismida içimlik suv ta’minoti tizimlarini rivojlantiriş loyihasida Amudaryo tumanida “Manğit suv tozalaş inşootlari quriş” obektida quriliş-montaj işlari olib borilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki iştirokida qiymati 161 mln dollarlik Toşkent viloyati şahar va tumanlarida içimlik va oqova suv tizimlarini quriş hamda rekonstruksiya qiliş (faza-3) loyihasi doirasida kunlik quvvati 130 ming kub metrlik Çirçiq şahrida yangi oqova suv tozalaş inşooti qurilmoqda. Hisobot davrida qiymati 231 mln dollarlik 374 ta örta va kiçik loyihalar işga tuşirilgan va 6,8 mingta yangi iş örinlari yaratilgan. Şundan 212 ta loyihalar belgilangan muddatidan oldin hamda 52 ta qöşimça loyihalar işga tuşirilişi ta’minlangan. Xususan, Yangiariq tumanidagi “Carwings Xorazm Plast” MÇJning 8 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 11,5 ming dona avtomobillar plastmassa ehtiyot qismlar işlab çiqariş (180 ta iş örni) loyihasi, Namangan şahrida “Namangan Şarbati” MÇJning 9 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 20 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta işlaş loyihasi işga tuşirilgan va 25 ta iş örni yaratilgan. Yunusobod tumanida “YUNUSABAD GALLERIA” MÇJning 29 mln dollar investitsiyalar hisobiga savdo köngiloçar va biznes markazi taşkil etiş loyihasi işga tuşirilgan.








