Yakşanba kuni bir maymun sababli Şri-Lankada blekaut röy berib, 22 million aholi elektr ta’minotidan uzildi.
«Maymun tarmoq transformatorimiz bilan kontakt qilgan, bu esa tizimda muvozanat buzilişiga olib keldi», — deya orolda yakşanba kuni soat 11 atrofida röy bergan töliq blekautni izohlagan jurnalistlarga Şri-Lanka energetika vaziri Kumara Jayakodi.
Maymun uçun fojiali hodisa Şri-Lanka poytaxti Kolombodan janubda joylaşgan nimstansiyada röy bergan.
Daily Mirror gazetasi energetika vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berişiça, maymun yolğiz bölmagan. Stansiyaga jonivorlarning bir neçtasi kirib, özaro janjallaşgan, oqibatda «svet» öçgan.
Şundan keyin elektr ta’minotini bosqiçma-bosqiç tiklaş uçun köplab soatlar kerak bölgan, avvaliga tibbiyot muassasalari hamda suv tozalaş stansiyalari elektrga ulangan. Keçga borib energetika vazirligi Şri-Lankada elektr töliq tiklangani haqida ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarning mahalliy foydalanuvçilari bu hodisa yuzasidan hukumatdagilarga qarata hazil va kinoyali gaplar yozişmoqda.
«Bir maymun = töla tartibsizlik. Balki infratuzilma haqida öylaş vaqti kelgandir?» — deya yozgan X ijtimoiy tarmoği foydalanuvçisi Mario Nawfal.
«Faqat Şri-Lankada bir töda maymunlarning nimstansiyadagi işkali butun orolda elektrni öçirib qöyişi mumkin», — deya yozgan Daily Mirror gazetasining mahalliy bölimi muharriri Jamilya Husayn.
Duşanba kuni e’lon qilingan materialda bu gazeta mutaxassislar yillar davomida hukumatdagilarga mamlakatdagi elektr tarmoqlarni modernizatsiya qiliş zarurligi, aks holda öçiş sodir bölişidan ogohlantirib kelganini eslatgan.
«Mamlakatdagi elektrtarmoqlar şunday holatdaki, elektr uzatiş liniyalaridan faqat bittasida nosozlik röy bersa ham, butun mamlakatda elektr öçib qoladi», — deya şaxsi sir qolişini söragan muhandislardan biridan iqtibos keltirgan gazeta.
2022 yilda Şri-Lankada muntazam ravişda elektr öçgan — ammo maymunlarning ehtiyotsizligidan emas, balki iqtisodiy inqiroz şaroitida mamlakatda boşqa narsalar qatori yonilği uçun ham pul qolmagani tufayli.







