Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi matbuot xizmati xabariga köra, holat Ekopolitsiyaning Mirzo Uluğbek tumani bölimi xodimlari ötkazgan navbatdagi reyd davomida aniqlangan.

Tekşiruvda Qorasuv-6 dahasida joylaşgan kompyuterxonaning yertölasida yovvoyi hayvon saqlanayotgani maʼlum bölgan. Holat yuzasidan tegişli çoralar körilib, maymun belgilangan tartibda hayvonot boğiga topşirilgan.

Boşqarma yovvoyi hayvonlarni zarur şaroit va mutaxassislar nazoratisiz saqlaş ularning soğliği hamda hayotiga xavf tuğdirişi mumkinligini eslatgan. Şuningdek, bunday holatlar aholi xavfsizligiga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkinligi taʼkidlangan.

Rasmiy xabarda maymunning turi, yertölada qança vaqt saqlangani va uni saqlagan şaxsga nisbatan qanday çora körilgani oçiqlanmagan.