Qirğizistondagi Töxtağul GES ikkita gidrogeneratorining öçirilişi Qozoğiston va qöşni mamlakatlarda elektr energiyasining ommaviy uzilişiga (blekautga) olib keldi, deb xabar berdi Qozoğiston Yagona energetika tizimi (YaET) operatori KEGOC AJ matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.

«14-avgust kuni soat 14:37 da Töxtağul GES umumiy quvvati 600 MVt bölgan ikkita gidrogeneratorining öçirilişi Qozoğiston YaET Şimol–Şarq–Janub tranzitida haddan taşqari yuklamaga sabab böldi hamda Janubiy zona Qozoğiston EET va Markaziy Osiyo Birlaşgan energetika tizimi (Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston) energiya tizimlaridan ajralib qoldi», deyiladi kompaniya xabarida.

Oqibatda Qozoğiston Yagona energetika tizimining Şimoliy zonasidagi Olmaota, Jambil, Turkiston, Qizilörda, Jetisu viloyatlari, şuningdek, Qarağanda, Ulitau va Abay viloyatlari iste’molçilarining elektr ta’minoti uzildi.

Xabarga köra, KEGOC AJ tomonidan soat 14:47 da Qarağanda, Ulitau, Abay viloyatlarida, soat 16:26 da Olmaota va Jetisu viloyatlarida, soat 16:34 da esa Jambil, Turkiston, Qizilörda viloyatlarida iste’molçilarning elektr ta’minoti töliq tiklangan.

«Texnologik nosozlik sabablari maxsus komissiya tomonidan örganiladi», - deyiladi kompaniya xabarida.

Avvalroq Qozoğiston Energetika vazirligi 14-avgust kuni Markaziy Osiyo energetika tizimidagi nosozlik respublikaning bir qança hududlarida elektr energiyasining avariyaviy öçişiga olib kelganini ma’lum qilgan edi. Idora ma’lumotlariga köra, Markaziy Osiyo energetika tizimi tomonidan elektr energiyasi oqimining keskin özgarişi tufayli quvvat keskin ortib ketgan va buning oqibatida avariyaga qarşi avtomatika işga tuşgan.

KEGOC tizim operatori ma’lumotlariga köra, Qozoğiston Yagona elektr energetika tizimidagi texnologik nosozlik soat 14:37 da yuz bergan va bu 500 kV kuçlanişli Agadir–Ulken hamda Oqtöğay–Toldiqörğon elektr uzatiş liniyalarining uzilişi bilan keçgan. Oqibatda Qozoğiston YaET Janubiy zonasi va Markaziy Osiyo Birlaşgan energetika tizimi alohida (izolyatsiyalangan) işlaş rejimiga ötgan.

Iste’molçilarga elektr energiyasini yetkazib berişdagi çeklovlar hajmi taxminan 2810 MVtni taşkil etdi. Soat 14:47 ga kelib Qarağanda, Abay va Ulitau viloyatlarida 295 MVt hajmdagi çeklovlar bekor qilindi. KEGOC iste’molçilarga elektr ta’minotini tiklaşni davom ettirdi, deyiladi xabarda.